• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-04-05

7 APREL BUTUNJAHON SALOMATLIK KUNI

topics-img

Har yili 7 aprel Butunjahon salomatlik kuni sifatida nishonlanadi.

Dunyo bo‘ylab millionlab odamlarning sog‘lig‘iga bo‘lgan huquqi tobora ko‘proq tahdid ostida qolmoqda.

Turli yoqilg‘ilarni yoqish iqlim inqirozini keltirib chiqaradi va bizni toza havodan nafas olish huquqidan mahrum qiladi. Atmosfera havosining ifloslanishi natijasida har besh soniyada bir inson vafot etadi.

"Salomatlik hamma uchun" konsepsiyasining iqtisodiy jihatlari bo‘yicha Kengashga ko‘ra, kamida 140 mamlakat konstitutsiyaviy ravishda sog‘liqni saqlash huquqini inson huquqi sifatida mustahkamlagan.

2024 yilgi Butunjahon salomatlik kuni mavzusi "Mening sog‘ligim – mening huquqim"deb nomlangan.

Bu yilgi mavzu har kimning qayerda bo‘lishidan qat’iy nazar, sifatli tibbiy yordam, ta’lim va ma’lumot olish huquqiga, shuningdek, xavfsiz ichimlik suvi, toza havo, yetarli ovqatlanish, sifatli uy-joy, munosib mehnat sharoitlari va  toza atrof-muhit sharoitlari hamda  kamsitishlarga yo‘l qo‘ymaslik huquqiga ega ekanligini ta’kidlaydi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee