• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-26

AHOLI O‘RTASIDA QRIM-KONGO GEMORRAGIK ISITMA KASALLIGI TARQALISHINING OLDINI OLISHDA FVDT XIZMATLARINING HAMKORLIKDAGI HARAKATLARI

topics-img

Bahor fasli o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi mumkin bo‘lgan mavsumning boshlanishi hisoblanadi. Ushbu kasalliklardan biri Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligi  hisoblanadi.

 

Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligi  – arbovirus qo‘zg‘atadigan, isitmalash, gemorragik alomatlar bilan kechadigan, tabiiy sharoitda transmissiv yo‘l bilan yuqadigan, tabiiy o‘choqli o‘ta xavfli yuqumli kasallikdir. Ushbu virusning yuqish mexanizmi transmissiv, ya’ni virus kanalarning chaqishi natijasida odamga yuqadi. Bundan tashqari, qishloq xo‘jalik hayvonlari va bemor qonini so‘rgan kanani ezib o‘ldirganda hamda Qrim – Kongo gemorragik isitma kasalligiga chalingan bemorning qoni sog‘lom odam terisi va shilliq qavatiga tushganda yoki bo‘lmasa parenteral muolajalar amalga oshirilganida kasallik yuqishi mumkin.               

 

Joriy yilning 19 mart kuni Qashqadaryo viloyati Qarshi tumanida “Aholi o‘rtasida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligi tarqalishining oldini olishda FVDT xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida respublika darajasida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqlari o‘tkazildi.

Shuningdek, mazkur o‘quv mashqlari doirasida respublika hududida Qrim-Kongo gemorragik isitma kasalligining tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish, kasallikning tarqalish ehtimoli yuqori bo‘lgan mavsumda mutasaddi idora va tashkilotlarning hamkorlikda harakatlarini takomillashtirish maqsad qilib belgilangan.

        

  O‘quv mashg‘uloti amaliy va nazariy jihatdan rejali ravishda olib borildi.

 

 O‘quv mashg‘ulotida respublikaning mas’ul tashkilot xodimlari, barcha viloyatlardan tegishli mutaxassislar hamda Sanepidqo‘mitaning Qashqadaryo viloyati shahar, tuman bo‘limlari xodimlari ishtirok etdilar.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommitte