• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-18

BOLANGIZNI GELMINTLARDAN HIMOYALANG!

topics-img

 Gelmintozlar — parazit qurtlar gelmintlar keltirib chiqaradigan kasalliklar guruhidir. Ular inson tanasida yashaydi va inson salomatligiga katta ziyon yetkazadi.

 

Yuqish yo‘llari:

 

🔹 kundalik sharoitida — iflos qo‘llar orqali;

🔹 oziq-ovqat mahsulotlardan — yuvilmagan sabzavotlar, mevalar, o‘t mahsulotlari, ochiq suv havzalaridan suv orqali, qizdirib ishlov berilmagan boshqa mahsulotlar orqali;

🔹 kamdan-kam hollarda gelmint tuxumlari yutinganda yoki nafas olganda havo va chang orqali.

 

 Agar bolangiz gelmentlarni yuqtirib olgan bo‘lsa ularda quyidagi belgilar kuzatiladi:

🔹  o‘zini yomon his qilish, zaiflik, charchoq,

🔹  asabiylikning kuchayishi,

🔹  allergik reaksiyalar (toshma),

🔹  ishtahaning pasayishi yoki aksincha doimiy ochlik hissi,

🔹  qorin og‘rig‘i, dam bo‘lishi va boshqa ovqat hazm qilish muammolari,

🔹  ta’mga bo‘lgan moyillikni o‘zgarishi,

🔹  tana haroratining ko‘tarilishi,

🔹  yuqori nafas yo‘llarining shikastlanishi, quruq yo‘tal, nafas qisilishi,

🔹  mushaklar va bo‘g‘imlarning og‘rig‘i.

 

 Gelmentlarni yuqtirib olmaslik uchun quyidagi gigiуenik qoidalarga rioya qilishingiz talab etiladi:

 

🔹 ovqatlanishdan oldin, jamoat joylari va ko‘chadan kelganda, hayvonlar va tuproq bilan aloqa qilgandan keyin qo‘lni sovun bilan yuvish;

🔹  sabzavot va mevalarni 5-10 daqiqa davomida oqar suvda yuvish va xom holda iste’mol qilinadigan mahsulotlarni qaynoq suv bilan yuvish;

🔹 faqat yaxshi qaynatilgan va qovurilgan go‘sht mahsulotlarini (hayvon go‘shti, baliq) iste’mol qilish;

🔹  xom suvni, ayniqsa ochiq suv havzalaridan ichmaslik;

🔹 yaylovlar va hayvonlarni sug‘orish joylari yaqinida joylashgan ifloslangan suv havzalarida suzishdan saqlanish;

🔹  yuvish va dezinfeksiyalash vositalaridan foydalangan holda xonalarda muntazam ravishda nam tozalashni amalga oshirish;

🔹  gilamlar, yumshoq o‘yinchoqlar, ko‘rpalar, yostiqlar, matraslarni tozalash va ularni toza havoda shamollatish;

🔹  choyshab va ichki kiyimlarni toza tutish, ularni issiq dazmol bilan dazmollash;

🔹 alohida yotoqda uxlash, boshqa odamlarning shaxsiy gigiyena vositalaridan foydalanmaslik;

🔹  suv kranlarini, eshik tutqichlarini, hojatxonalarni, tungi tuvaklarni dezinfeksiyali eritma yoki qaynoq suv bilan tozalash;

🔹  o‘g‘it sifatida yangi najas/go‘ngni faqat qayta ishlangandan (kompost qilinganidan) keyin foydalanish;

🔹  uy hayvonlarini gelmintozdan o‘z vaqtida davolash;

🔹  infeksiyani oldini olish uchun hayvonlarni saqlash qoidalariga rioya qilish.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee