• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-05

BRIFING: KORONAVIRUS VA QIZAMIQ KASALLIGI BO‘YICHA KO‘RILAYOTGAN CHORALAR

topics-img

Bugungi kunda dunyodagi 221 davlatda koronavirus infeksiyasidan zararlangan kishilar soni 703,8 million nafarga yetdi, ulardan

7,0 milliondan ortig‘i vafot etdi. So‘ngi kunlarda bir sutka ichida

7,0-10,0 mingta yangi kasallanish holatlari qayd etilmoqda.

O‘zbekiston Respublikasi bilan chegaradosh bo‘lgan Qozog‘istonda 1,4 mln, Afg‘onistonda 231,5 ming, Qirg‘izistonda 206,9 ming, Tojikistonda 17,8 ming holatda koronavirus kasalligi ro‘yxatga olingan.

2024 yil 01 mart holatiga O‘zbekistonda kasallanish

261 085 nafarga yetdi, sog‘ayish 99,1 foizni tashkil qilmoqda. 1637 nafar (0,06%) fuqaro ushbu kasallikdan vafot etgan.

Kasallikning tarqalganlik darajasi 1,0 ni tashkil etmoqda (JSST ekspertlari xulosasiga ko‘ra bu ko‘rsatkich 1,0 gacha bo‘lsa vaziyat barqarorligini anglatadi).

Kasallikning yuqtirib olish manbai 35-43% holatda kasallangan oila a’zosi yoki qarindoshlari, 6-7% holatda bemor ko‘shnilari, 10-12% holatda jamoat joylaridagi muloqot, 4-5 % holatda ish joyidagi muloqot ekanligi aniqlanmoqda.

Virus genomini o‘rganish (sekvenlash) bo‘yicha o‘tkazilgan so‘ngi tahlillarning 100 foizida “omikron” shtammi aniqlangan.

Butun dunyoda COVID-19ga qarshi kurashishning eng samarali usullaridan biri sifatida unga qarshi vaksinalar bilan emlash, deb qaralmoqda.

Respublikada COVID-19ra qarshi emlash jarayoni uchun jami 86,6 mln doza vaksina  olib kelindi va ishlab chiqarildi. Bugungi kunga qadar 85,2 mln doza vaksina qo‘llanildi, shundan:

to‘liq vaksina kursini olganlar – 18,1 mln nafar (rejaga nisbatan – 78 foiz), buster doza olganlar – 18,6 mln nafar (rejaga nisbatan – 80 foiz), revaksinatsiya qilinganlar– 14,7 mln nafarni tashkil etdi.

Hozirda, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining vaksina saqlash omborxonalarida Johnson & Johnson va Pfizer-BioNTesh vaksinalari zaxirasi mavjud.

Dunyo mamlakatlarida kuzatilayotgan epidemiologik vaziyatdan kelib chiqib hamda Jaxon sog‘liqni saqlash tashkilotining xalqaro tibbiy sanitariya qoidalari yuzasidan qabul qilgan tavsiyalariga muvofiq va dunyo mamlakatlarining tajribalaridan kelib chiqqan holda, Respublikasimiz hududida koronavirus tarqalishining oldini olish yuzasidan fuqarolarimizdan shaxsiy gigiyena qoidalariga qat’iy rioya etish, qo‘llarni vaqti-vaqti bilan antiseptiklar bilan zararsizlantirish, zarur holatlarda ya’ni bemorlar bilan muloqot qilganda niqob taqish qoidalariga amal qilish, koronavirusga infeksiyasiga qarshi buster dozalarda revaksinatsiya ishlarini davom ettirish tavsiya etiladi.

Qizamiq bo‘yicha epidemiologik vaziyat nazorat ostida bo‘lsa ham, qizamiq kasalligiga shubha qilingan shaxslar bilan aloqada bo‘lganlar epidemiologik ko‘rsatma asosida profilaktik emlash bilan qamrab olindi.

Respublikamizning barcha hududlarida qizamiq va qizilchaning oldini olish bo‘yicha qator treninglar va seminarlar o‘tkazildi. 9 500 nafar tibbiyot xodimi qizamiq-qizilcha kasalligini epidemiologik nazorat qilish, immunoprofilaktika tadbirlarini o‘tkazish bo‘yicha o‘qitildi. Birlamchi tibbiy muassasalarda qizamiqning oldini olish bo‘yicha 120 000 ta risolalar chop etildi va tarqatildi. Ish rejasiga asosan mahallalarda 10 230 ta, bog‘cha va maktablarda 7 985 ta, sog‘liqni saqlash muassasalarida 3 793 ta qizamiq kasalligi haqida va qizamiqqa qarshi emlash bo‘yicha uchrashuvlar tashkil etildi. Shifokorlar bilan uchrashuvlarda 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarni qizamiqqa qarshi  emlash xolatini taftish qilib emlanishi zarur bo‘lgan va o‘choqlardagi muloqatda bo‘lganlarni emlash, karantin choralarini qo‘llash, diferensial diagnostikani kuchaytirish va to‘g‘ri diagnoz qo‘yish talab etilishi takidlab o‘tildi.

2023 yil davomida qizamiqqa qarshi jami 1 575 558 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 879 314 nafari 1 yoshdagi va 696 244 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epid.parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi.

2 444 439 nafar aholi esa epidemik ko‘rsatma bo‘yicha KK (qizamiq +qizilcha) vaksinasi bilan emlangan bo‘lsa joriy yilning hoziriga qadar   jami 123 534 nafar bolalar milliy emlash kalendariga muvofiq emlandi. Ulardan 76 897 nafari 1 yoshdagi va 46 637 nafari 6 yoshdagi bolalar KPK vaksinasi (qizamiq+epid.parotit+qizilcha infeksiyalariga qarshi) bilan reja asosida emlandi. Qizamiqqa qarshi epid ko‘rsatma bo‘yicha

2024 yil 1 martgacha 6 oylikdan 7 yoshgacha bo‘lgan 2 780 541 nafar (99,6%)

bolalar emlandi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee