• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-26

BRUTSELLYOZ: ISH QOBILIYATINI YO‘QOLISH VA HATTO NOGIRONLIKKA HAM OLIB KELISHI MUMKIN...

topics-img

 

Brutsellyoz qishloq xo‘jaligi va uy hayvonlari orasida keng tarqalgan kasallik hisoblanib, bu kasallik bilan odamlar ham kasallanadi.

 

 Odamlarda xastalik ko‘proq surunkali kechadi va bemorni uzoq muddatga ish qobiliyatini yo‘qolishi va hatto nogironlikka ham olib kelishi mumkin. Mayda shoxli hayvonlar o‘chog‘i kishilarga kasallikni yuqishi jihatidan alohida ahamiyat kasb etadi. Brutsellyoz kasalligining yashirin davri 3 dan 6 haftagacha, ba’zan 2 oygacha davom etadi.

 

Kasallik yuqish yo‘llari va keltirib chiqaruvchi omillari:

·        qo‘y va echkilar kasallik manbai bo‘lib, brutsellyoz kasalligi mikrobi tashqi muhitga so‘lak, sut, qon, jinsiy a’zolar suyuqligi, plasenta va chala tug‘ilgan qo‘zichoq va buzoq orqali ajraladi;

·        kasallik asosan xizmatchilarga mayda shoxli hayvonlarni qo‘zilatish, boqish va parvarish qilish paytida muloqot yo‘li orqali;

·        hayvon mahsulotlari bo‘lgan xom sut va chala pishirilgan go‘shtni iste’mol qilish jarayonida og‘iz orqali yuqadi.

 

Kasallik alomatlari:

·        haroratning ko‘tarilishi;

·        et uvishishi;

·         asabiylashish;

·         uyqusizlik;

·         tilning karash bilan qoplanishi;

·          teri va shilliq parda rangining oqarishi; 

·        harakat va tayanch a’zolar faoliyatining buzilishlari, bo‘g‘imlar harakatining cheklanishi;

·        jinsiy va tanosil a’zolarda orxit, hayz ko‘rishning buzilishi, bola tushishi va muddatidan ilgari tug‘ish.

 

Kasallikning oldini olish uchun nima qilish lozim?

 

·        chorva mollari saqlanadigan molxonalarni vaqti-vaqti bilan 10% xlorli ohak eritmasi bilan zararsizlantirib turish;

·        bola tashlagan, yo‘ldoshi vaqtida tushmagan mollar veterinariya xodimlari nazoratida bo‘lishi, boshqa hayvonlardan ajratilishi va ularning chiqindilari  xlorli ohak bilan zararsizlantirilishi;

·        o‘lik tug‘ilgan hayvon bolasi va yo‘ldoshi ehtiyotkorlik bilan 2 metr qazilgan chuqurga tashlanib, ustiga xlorli ohak sepib ko‘mib yuborilishi, ularni itlar va boshqa hayvonlar iste’mol qilmasligi;

·        kasal hayvonlar bilan ishlovchilar maxsus kiyimlar (kombinzon, rezina etik, qo‘lqop, xalat va respiratorlar) kiyib ishlashi;

·        hayvonlarning junini olish jarayonida, molxonalarni tozalayotganda,  albatta og‘iz va burunga 4 qavatli dokadan tayyorlangan niqobdan foydalanish;

·        bolalar, o‘smir va homilador ayollarni kasal hayvonlar bilan ishlashlariga yo‘l qo‘ymaslik;

·        veterinariya ko‘rigidan o‘tmagan molni so‘ymaslik va ularning mahsulotlarini  iste’mol qilmaslik;

·        go‘sht va jigardan tayyorlanadigan taomlar, ayniqsa kaboblarni yaxshi pishirilishiga ahamiyat berish;

·        belgilanmagan joylarda yoki qo‘lda sotilayotgan sut, xom qaymoqni xarid qilmaslik;

·        doimo shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etish, ayniqsa qo‘l yuvish ko‘nikmalarini shakllantirish kerak.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee