• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-17

FAST- FUDLAR ZARARLIMI?

topics-img

Ko‘chada cheburek, shaurma, sendvich, gamburger, hot-dog sotib olish biz uchun odatiy holga aylandi. Katta shaharlarda tez ovqatlanishni taklif qiladigan taomxonalar ko‘payib bormoqda. Fast-fudlarga tez tayyorlanadigan taomlar kiradi. Tez ovqatlanish tushunchasi nafaqat uni tayyorlashga sarflangan oz vaqt, balki uni  tez iste’mol qilish bilan ham bog‘liq.

Ko‘pincha biz tez ovqatlanish tizimi tanamiz uchun qanchalik foydali yoki zararli ekanligi haqida umuman o‘ylamaymiz.

Aytish joizki, hatto bunday oziq-ovqatning foydasi yo‘qligiga shubha qilsak ham, fast-fudlarni sotib olamiz.

To‘liq ovqat tayyorlash uchun vaqt yo‘qligi - iste’molchilar tez tayyorlanadigan ovqatlarga bo‘lgan ishtiyoqini shunday oqlaydilar.

Fast-fudlarni  muntazam iste’mol qilish xolesterin miqdorini oshiradi, oshqozon-ichak trakti va yurak-qon tomir tizimi kasalliklarini keltirib chiqaradi. Fast-fudlarda ko‘p miqdorda yog‘lar va konservantlar mavjud bo‘lib, vitaminlar va minerallar bunday taomlarda deyarli yo‘q.

Vodorod bilan o‘ta to‘yingan yog‘ kislotalarining ko‘p miqdordagi sun’iy izomerlarini o‘z ichiga olgan margarindan foydalanish fast-fudlarni saqlash muddatini oshiradi. Shu bilan birga, sun’iy trans yog‘lar asab tizimi kasalliklari, yurak-qon tomir kasalliklari, saraton, diabet va bepushtlikni keltirib chiqaradi.

Hech qanday fast-fud sog‘lom oziq-ovqat o‘rnini bosa olmaydi va bu o‘z sog‘lig‘ingizni xavf ostiga qo‘yishga arzimaydi!

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee