• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-18

HAMKORLIKDAGI SAMARALI TADBIRLAR

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi majlislar zalida O‘zbekiston Iste’molchilar huquqlarini himoya qilish jamiyatlari Federatsiyasi bilan hamkorlikda "2023 yilning 7 oyi davomida Federatsiya tizimida iste’molchilar murojaatlarini o‘rganish natijalari: muammo va yechimlar" mavzusida  tadbir bo‘lib o‘tdi.  Unda boshqarma soha mutaxassislari,  federatsiya tizimida mehnat faoliyatini olib borayotgan xodimlar, NNT va OAV vakillari ishtirok etdi.

Tadbirda ushbu o‘tgan davr mobaynida fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarning 144 tasi sog‘liqni saqlash tizimiga tegishli ekanligi sababli bugungi kunning dolzarb masalasi bo‘lgan oziq-ovqat xavfsizligi va bu bo‘yicha davlat va jamoat nazoratini olib borish bo‘yicha fikrlar almashinildi.

Muhokamalar markazida bo‘lgan mavzular yuzasidan NNT va OAV vakillari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar batafsil tushunchalar berib o‘tdi.

Tadbir yakunlariga ko‘ra ikki tashkilot o‘rtasida Memorandum imzolanishiga kelishib olindi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee