• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-04-09

HAYIT NAMOZLARI O‘QILADIGAN BARCHA MASJIDLAR SANITARIYA-GIGIYENIK HOLATI TAYYOR

topics-img

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi va hududiy boshqarmalar mutaxassislari tomonidan respublikamiz hududida mavjud 2100 ta Ramazon oyida namoz o‘qilgan masjidlarda mas’ullarni jalb etgan holda,

  • masjidlar hududini obodonlashtirish,
  • maishiy chiqindilardan tozalash,
  • namozxonalar va tahoratxonalarning sanitariya holatini talab darajasiga keltirish,
  • ichimlik suvi, issiq suv bilan ta’minlash,
  • tahoratxona hamda
  • hojatxonalarni ta’mirlash,
  • santexnika jihozlarini sozligi hamda
  • salqin iqlim sharoitini inobatga olgan masjidlar ichini isitilishiga alohida e’tibor berilishi ustidan o‘rganishlar o‘tkazilib, tayyor holatga keltirildi.

 - Berilgan tavsiyalar natijasida masjidlarning tevarak-atroflari to‘liq obodonlashtirildi, hojatxona va tahoratxonalarida ta’mirlash ishlari o‘tkazilishiga erishildi.

-  Masjidlarning 994 tasi markazlashtirilgan, 1106 tasi mahalliy ichimlik suvi tizimiga ulangan. Kanalizatsiya tizimi 402 tasida markazlashtirilgan, 1698 tasida mahalliy tarmoqlarga ulangan.

Olib borilgan o‘rganishlar, aniqlangan kamchiliklar yuzasidan  berilgan tavsiyalarni ijrosini nazorat qilish.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee