• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-15

IMMUNIZATSIYADAN SO‘NG KUZATILADIGAN NOJO‘YA HOLATLARNI NAZORAT QILISH TARTIBI O‘RGANILDI

topics-img

Ma'lumki, yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida bola dunyoga kelgan kundan boshlab, 16 yoshga kirguniga qadar Milliy emlash kalendariga asosan 13 xil kasallikka qarshi emlash ishlari olib boriladi. Xususan, emlashdan oldin bolaning salomatligini tekshiruvdan o'tkazish eng muhimi sanaladi. Negaki, bu jarayon amalga oshirilmasa, emlashdan so'ng nojo'ya holatlar kuzatilishi hech gap emas.

Joriy yilning 13-14 mart kunlari Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining ekspertlari Maya Uuskula, Oleg Benesh va Yuris Perevozchikovslar tomonidan Toshkent shahrida joylashgan davolash-profilaktika muassasalari va Sanepidqo‘mita Toshkent shahar boshqarmasi immunoprofilaktika bo‘limida immunizatsiyadan so‘ng kuzatiladigan nojo‘ya holatlarni nazorati olib borilishi o‘rganildi.

JSST ekspertlari tashrif buyurgan davolash-profilaktika muassalalarida savol-javob tarzidagi muzokara o‘tkazildi va yig‘ilish yakunida hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi ishlab chiqish masalasi ko'rib chiqildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee