• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-26

ISTE'MOL UCHUN YAROQSIZ HISOBLANGAN TUZLAMA MAHSULOTLARI SAVDOSIGA CHEK QO'YILDI

topics-img

Konserva mahsulotlari tayyorlashda zarur texnologik jarayonlar, ya’ni konserva zavodlaridagi kabi yuqоri bosim ostida,  120-125 gradus issiqlikda o‘tkaziladigan sterilizatsiya jarayonini uy sharoitida bajarib bo‘lmaydi.

Oxirgi vaqtlarda dehqon bozori peshtaxtalarida, xususiy savdo do‘konlarida, noqonuniy ko‘cha savdo joylarida, sifati kafolatlanmagan, hujjatlari bo‘lmagan, uy sharoitida tayyorlangan turli xil, “baklashka”lardagi sut mahsulotlari, tuzlamalar sotilishi va ularni fuqarolar tomonidan iste’mol qilish natijasida ovqatdan zaharlanish holatlari qayd qilinmoqda.

Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Olmazor tuman bo'limi  mutaxassislari tomonidan doko'nlarda sotilayotgan oziq-ovqat mahsulotlarining sifati,  ishlab chiqarilgan sanasi, yaroqlilik muddatlari, saqlanish holati yuzasidan muntazam ravishda o'rganish ishlari amalga oshirilmoqda.

O'tkazilgan tekshiruvlar natijasida  polietilen idishlarga tuzlangan garimdori va  janduq mahsulotlari noma'lum sharoitda tayyorlangani sababli  savdodan olinib, brakeraj qilindi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee