• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-02-01

JAHON SOG‘LIQNI SAQLASH TASHKILOTI TOMONIDAN GENETIK TAHLIL UCHUN LABORATORIYA JIHOZLARI TOPSHIRDI

topics-img

2024 yil 31 yanvar kuni bo‘lib o‘tgan tadbirda Jahon Sog‘liqni saqlash tashkilotining O‘zbekistondagi vakolatxonasi GAVI tashkiloti yordamida sotib olingan genetik tahlil uchun laboratoriya jihozlarini Respublika Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga topshirdi.

Jahon Sog‘liqni saqlash tashkiloti  jamoat sog‘lig‘ini mustahkamlashda O‘zbekiston Respublikasini  doimiy ravishda qo‘llab quvvatlab kelmoqda.

Emlash va immunizatsiya Alyansi GAVI bilan sa’y-harakatlarni birlashtirgan holda JSST mintaqaviy ofisi O‘zbekiston Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasiga virusli infeksiyalarni genom tahlil qilish uchun zamonaviy laboratoriya uskunalarini topshirdi.

MiniSeq uskunalari haqida

Eng zamonaviy MiniSeq uskunalari genetik analizning ishonchli texnologiyasini ta’minlaydi. DNK va RNKdagi nukleotidlar  ketma-ketligini aniqlashning  tejamkor usuli   ushbu vositani ishlatish uchun qulaylik yaratadi. Buning yorqin misoli -  COVID-19 tajribasi: SARS-CoV-2 virusi genomining ketma-ketligini tez aniqlash vaksinalarni ishlab chiqish va virusning yangi variantlarini aniqlashda hal qiluvchi daqiqa bo‘ldi.

“Ushbu loyiha nafaqat asbob-uskunalar bilan bog‘liq. Biz Sanitariya-epidemiologiya sohasi yangi imkoniyatlardan maksimal darajada foydalanishi uchun asboblarni o‘rnatish va xodimlarni  o‘qitishni ta’minlaymiz. Turli infeksiyalarni tekshirish uchun reagentlar yetkazib berish tashabbusimizning yana bir muhim jihatidir. Uskunalar, treninglar va resurslarning bu simbiozi O‘zbekistondagi kuchli va barqaror sog‘liqni saqlash tizimiga va butun dunyo bo‘ylab aholi salomatligi uchun kurashga qo‘shgan hissamizdir”, - deydi JSSTning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbari, doktor Asheyena Xalakdina.

Uskunalar va texnik yordam ko‘rsatilishi O‘zbekiston tibbiyot infratuzilmasini rivojlantirishdagi muhim qadam, shuningdek, aholi salomatligi uchun global kurashda qo‘shimcha vositadir.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee