• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-19

MASJIDLARDA YUQUMLI KASALLIKLARGA QARSHI DEZINFEKSIYA TADBIRLARI O'TKAZILDI

topics-img

Yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida jamoat toplanadigan joylarda muntazam ravishda dezinfeksiya tadbirlarini o`tkazish muhim ahamiyatga ega.

Xabaringiz bor, ayni kunlarda muqaddas Ramazon oyi munosabati bilan jamoa bo'lib tarovih namozlari o'qilmoqda. Mazkur holat yuzasidan soha mutaxassislari tomonidan aholining salomatligini saqlash borasida har kunlik nazorat tadbirlari olib borilib, joriy navbatchilik qismlari tashkil etilgan. Sanepidqo'mita Toshkent shahar boshqarmasi Mirobod tuman bo'limi dezinfektor xodimlari tomonidan tumanda joylashgan Oq uy, Al-badr, Valixo'ja o'g'li Norxo'ja jome masjidlarida kasalliklarga qarshi dezinfeksiya ishlari amalga oshirildi.

Dezinfeksiya jarayonida infeksiyalarning har qanday o‘chog‘ini va ularning oqibatlarini yo‘q qilish uchun to‘liq harakatlar amalga oshirildi. Dezinfeksiya paytida  mutaxassislarimiz tomonidan barcha sirtlarga, mebellarga, kirish yo'laklariga, tahoratxonalarga, qo'l yuvish xonalariga va hojatxonalarga professional kimyoviy moddalar bilan ishlov berildi.

Qayd etish joizki, ushbu kimyoviy moddalar odamlar va hayvonlar uchun mutlaqo zararsiz, ammo shunga qaramay, ular har qanday joyda infeksiyani yo‘q qilish vazifasini osonlikcha yengadi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee