• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-29

MAXSUS-TAKTIK O‘QUV MASHQI O‘TKAZILDI

topics-img

Kuydirgi kasalligini tarqalishini oldini olish maqsadida seminarlar, o‘quv amaliy mashg‘ulotlar muntazam o‘tkazib kelinadi. Ana shunday tadbirlardan biri Karmana tumanida bo‘lib o‘tdi.

  Karmana tumani Arg‘un mahalla fuqarolar yig‘inida o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlar sodir bo‘lganda tuman FVDQT rahbariyati, mahalliy boshqaruv organlari hamda tegishli xizmatlar kuch-vositalarining hamkorlikdagi harakatlarini takomillashtirish maqsadida “Kuydirgi kasalligining tabiiy o‘choqlardan tarqalishining oldini olishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida ko‘rgazmali maxsus-taktik o‘quv mashqi o‘tkazildi.

  O‘quv mashqi 2 bosqichda, nazariy va amaliy bosqichlarda tashkil etildi.

  Tadbirning 1-bosqichida tegishli xizmatlar mutaxassislari ishtirokida “Kuydirgi kasalligining odamlar va hayvonlar o‘rtasida kelib  chiqishi va tarqalishining oldini olishda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi tegishli xizmatlarining hamkorlikdagi harakatlari” mavzusida tadbirning nazariy qismi o‘tkazildi, tadbirda mutasaddi tashkilotlarning mutaxassislari tomonidan kuydirgi kasalligining aholi uchun xavflilik darajasi, kasallikdan ehtiyot bo‘lish choralari va kasallik paydo bo‘lganda uning aholi orasida tarqalib ketmasligi uchun amalga oshiriladigan   chora- tadbirlar to‘g‘risida tushunchalar berildi. Nazariy  qism  yakunida sohaga oid me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablari, kuydirgi kasalligining tarqalishi bilan bog‘liq favqulodda vaziyatlarni oldini olish yuzasidan tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga javoblar berildi.

 Tadbirning 2-bosqichida kasallik o‘chog‘ini e’lon qilish, o‘choqda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni to‘g‘ri tashkillashtirish va amalga oshirish, chegaralovchi tadbir (yoki to‘liq karantin e’lon qilish), kuch-vositalarini safarbar etish, umumiy raxbarlik qilish, epidemiyaga qarshi chora-tadbirlarni yakunlash va karantinni bekor qilish tadbirlarini amalda namoyish etildi.

 Maxsus - taktik o‘quv mashqi yakuni bo‘yicha ishtirokchilar va kuzatuvchilar bilan savol-javob, erishilgan yutuqlar va yo‘l qo‘yilgan kamchiliklar yuzasidan muhokama olib borildi.

  Mazkur tadbir davomida qo‘yilgan vazifalar va maqsadlarga erishildi, barcha rejalashtirilgan tadbirlar to‘liq hajmda bajarildi. O‘rganuvchilar o‘zlarining nazariy va amaliy malakalarini oshirdilar, kuydirgi kasalligiga qarshi kurashish tadbirlarini tashkil etish va amalga oshirish bo‘yicha mahalliy boshqaruv organlari hamda Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi kuch va vositalarining hamkorlikdagi harakatlari takomillashtirildi.

 O‘tkazilgan ko‘rgazmali maxsus- taktik o‘quv mashqiga Favqulodda vaziyatlar davlat tizimi xizmatlaridan 40 nafar shaxsiy tarkib va 2 ta texnika jalb etildi, tadbir davomida 50 dan ortiq mavzu bo‘yicha tayyorlangan eslatmalar tarqatildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee