• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-17

MOBIL TELEFONLARDAN KO`P FOYDALANADIGAN O‘QUVCHILAR O‘RTASIDA SO‘ROVNOMA O‘TKAZILDI

topics-img

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining bolalar va o‘smirlar gigiyenasi laboratoriyasi xodimlari tomonidan poytaxtimizdagi umumta’lim maktablarida mobil telefonlardan ko`p foydalanadigan 11 yoshdan 17 yoshgacha bo‘lgan 900 nafar o‘quvchi o‘rtasida  so‘rovnoma o‘tkazildi. Natijada ular qanday kasalliklardan aziyat chekishi ma`lum bo`ldi.

 

 Tadqiqotning maqsadi zamonaviy raqamli qurilmalar va Internetdan ko`p foydalanish bolalarning kasallanishiga ta’sirini baholashga qaratildi. Statistik ma’lumotlarning tahlili shuni ko‘rsatdiki, o‘quvchilar orasida endokrin tizim, ovqatlanish va metabolik kasalliklar bilan bog‘liq shikoyatlarga ega bolalar o‘rtacha 41 foizni tashkil etadi.

 

 Umumiy kasallanishning qiyosiy tahliliga ko‘ra, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilarida, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o‘quvchilariga nisbatan ruhiy va xatti-harakatlarning buzilishi bilan bog‘liq belgilar ko‘proq uchradi. Skrining so‘rovnoma natijalari orqali aniqlandiki tekshirilayotgan bolalar orasida asab tizimi kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan.

 

 So‘rovnoma natijalariga ko`ra bolalar orasida qon aylanish tizimi, nafas olish tizimi kasalliklari shovqin va quloq bilan bog‘liq shikoyatlar bor ekanligini aniqlangan.

 Bundan tashqari, raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilar

 ovqat hazm qilish tizimidagi muammolardan 1,1 baravar ko‘proq shikoyat qilgan.

 Xususan, o‘quvchilarning 31,0 foizi tish og‘rig‘i va kariyesdan shikoyat qilgan, bu raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydigan o‘quvchilariga nisbatan 6,4 foizga ko‘pdir.

 

Raqamli qurilmalardan tez-tez va ko‘p foydalanadigan o‘quvchilarda, raqamli qurilmalardan kam yoki umuman foydalanmaydiganlarga nisbatan turli kasalliklarining yuqori darajada tarqalishi kuzatilgan. Bu esa gadjetlar va Internet tarmoqlari bolalar salomatligiga o‘zining salbiy ta’sirini ko‘rsatishidan darak beradi.

 

 Gadjetlardan foydalanishning salbiy oqibatlari natijasida kelib chiqadigan kasalliklarning oldini olish uchun ota-onalar va bolalar sog‘lom turmush tarzi va gadjetlardan xavfsiz foydalanish bo‘yicha profilaktik chora-tadbirlar muntazam olib borilishi lozim.

 

Bir so‘z bilan aytganda kattalaru kichiklar gadjetlar va Internet tarmoqlaridan haddan ortiq darajada ko‘p foydalanish inson salomatligiga ta’sir qilmasdan qolmaydi. Shuning uchun mobil qurilmalardan foydalanishda ma’lum me’yorga amal qilish foydadan xoli bo‘lmaydi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee