• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-17

MUTAXASSISLAR PM2.5 DISPERS ZARRACHALARIDAN HIMOYALANISH BO‘YICHA QANDAY TIBBIY TAVSIYALAR BERISHADI?

topics-img

So‘nggi vaqtlarda Toshkent havosi tarkibida PM2.5 dispers zarrachalari me’yoridan bir necha o‘n barobar ko‘payganligi muhokama mavzusiga aylandi.

 

Xo‘sh, atmosfera havosining ifloslanishi inson organizmga qanday ta’sir qiladi?

 

 Atmosfera havosidagi muallaq zarrachalar – PM2,5 zarrachalar nafas yo‘lidan o‘tuvchi zarrachalardir. Chunki ular gaz almashinuvi sodir bo‘ladigan alveolalar va o‘pka kapillyarlariga kirib, tizimli qon oqimiga kirib, turli organlarga kirib, turli to‘qimalarning hujayralariga bevosita mahalliy ta’sir ko‘rsatadi.

 

 Mayda dispers zarrachalar hujayra membranalariga kirib borish qobiliyatiga ega. Bundan tashqari, ularning organlar va to‘qimalarda surunkali to‘planishi xavfi mavjud. Atmosfera havosida PM10 va PM2ning yuqori konsentratsiyasiga uzoq muddatli ta’sir qilish yallig‘lanish, kanserogen, teratogen, sitotoksik ta’sirga ega bo‘lib, allergopatologiyaning rivojlanishiga hissa qo‘shadi va insonning umr ko‘rish davomiyligiga ta’sir qiladi.

 

Mutaxassislar PM2.5 dispers zarrachalaridan himoyalanish bo‘yicha qanday tibbiy tavsiyalar berishadi?

  Xona yoki inshootlarning pol va tokchalari, ular ichidagi buyum hamda ashyolarni nam latta bilan tozalab turing. Uy yoki bino ichiga, atrofiga suv solingan idishlar qo‘yish chang darajasini pasaytirishga xizmat qiladi. Qolaversa, nam sochiqlarni osib qo‘ying.

 

  Derazalarni yopiq holda saqlash. Ayniqsa, kechasi va erta tongda eshik va oynalarni zichlab yoping!

 

  Ko‘proq suv iching!

 

 Ochiq havoda harakat qilishni cheklang!

 

  Tez-tez dush qabul qiling! Ayniqsa, tashqaridan uyga kirgach, bu jarayon nafas olishni yengillashtiradi.

 

  Og‘iz va burun bo‘shlig‘ini tuzli eritma bilan yuvib tashlang!

 

 Nafas olish tizimi kasalliklariga chalinganlar tibbiy niqobdan foydalanishlari va ularni har 2 soatda almashtirishlari zarur!

 

  Ko‘zlarni yuvish tavsiya etiladi. Ayniqsa, linzadan foydalanuvchilar uchun bu juda muhim.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee