• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-21

NIDERLANIYALIK HAMKORLAR BILAN MEMORANDUM IMZOLANDI

topics-img

Bugun Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi va Niderlandiyaning "Inspestor Research System BV" kompaniyasi o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

Niderlandiyaning mazkur kompaniyasi asosan mikrobiologik diagnostika uskunalari va materiallarini ishlab chiqarish, tibbiyot sohasida ilmiy faoliyat bilan shug‘ullanadi. Innovasion yuqori sifatli mahsulotlarni ishlab chiqarish bo‘yicha dunyoning yetakchi kompaniyalaridan biri hisoblanadi. Kompaniyaning asoschisi Elbert Josselin de Jong Miqdoriy nur flyuoressensiyasi (QLF-Quantitative light fluorescence) texnologiyasining asoschisi bo‘lib, u tishlar kariyesi va tishlar ustidagi bakteriyalarning rivojlanishini erta davrlarda aniqlashga yordam beradi.

Memorandum doirasida Markaz tinglovchilari, professor o‘qituvchilarini "Inspestor Research System BV" kompaniyasi tomonidan malakasini oshirishlari, turli xil ilmiy grant loyihalari va ishlab chiqarish jarayonida hamkorlikda ishlash bo‘yicha kelishib olindi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee