• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-03-28

OIV BILAN YASHOVCHILARGА RUHIY-PSIXOLOGIK YORDAM KO‘RSATILMOQDA

topics-img

Respublikamizda mavjud barcha OITSga qarshi kurashish markazlarida psixologlar tomonidan OIV bilan yashovchilargа hissiy tanglikni, stress holatini yengillashtirish/bartaraf etish usullarini o‘rgatgan holda quyidagi ruhiy-psixologik yordam ko‘rsatib kelinmoqda:

 

 OIV infeksiyali homilador va fertil yoshdagi ayollarni psixologik qo‘llab-quvvatlash;

OIV bilan yashovchilarning jinsiy sheriklari va qarindoshlari bilan psixologik ko‘mak ishlarini olib borish, ularning ijtimoiy yordam olish huquqlarini himoya qilish va ularning yaqinlariga bevosita psixologik yordam ko‘rsatib kelinmoqda. Bundan tashqarii ishonch telefonlari orqali hamda individual psixologik maslahat berib kelinmoqda.

 

Bemorlarga ruhiy -psixologik yordam ko‘lamini oshirish maqsadida Respublikamizda 16 ta multidissiplinar guruh faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib ular, OIV bilan yashovchilarga ruhiy va yuridik yordam olishlarida yaqindan yordam ko‘rsatadi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee