• eye
Agentlik haqida
Sanepidxizmati tarixi

  O‘tgan davrga bir nazar tashlaydigan bo‘lsak, sanitariya-epidemiologiya muassasalari sonining ko‘payib borishi, ular faoliyatining markazlashtirilgan holda boshqarishni hamda tashkiliy-uslubiy markazi yaratishni talab qildi. Shu maqsadda 1952 yilning 13 mayida Respublika Vazirlar Mahkamasining 838-sonli Qarori asosida Respublika Sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi - SES tashkil etildi. Unga birinchi bosh vrach etib S.N.Niyozov tayinlandi.
   Respublika SES-da dastlabki yillarda jami 68 nafar xodim bo‘lib, shundan 19 tasi oliy ma’lumotli vrachlar edi. 1955 yilda respublikada sanitariya-epidemiologiya xizmati tarkibiga o‘zgartirishlar kiritildi. Davlat sanitariya inspektsiyasi, sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi, bezgakka va brutselyoz (qora oqsoq)ga qarshi ish olib borgan muassasalar birlashtirib, yagona hududiy, sanitariya-epidemiologiya stantsiyasi tashkil etildi. 1960 yilga kelib Respublikada 154 ta, sanitariya-epidemiologiya stantsiyalari faoliyat ko‘rsatdi. 1963 yilga kelib Vazirlar Mahkamasining “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. 
  1967 yilga kelib O‘zbekiston Sog‘liqni saqlash vazirligi tashabbusi bilan respublikada, sanitariya-epidemiologiya xizmati faoliyatini takomillashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining tuman SESlarining mustaqilligini tiklash to‘g‘risidagi qarori qabul qilindi hamda 1956 yilda tuman markaziy kasalxonasiga biriktirib qo‘yilgan tuman SESlari mustaqilligi ta’minlandi.
    Birinchi bor 1968 yilda O‘zbekiston sanitariya-epidemiologiya xizmatini markazlashtirilgan boshqaruv va moliyalashtirish amalga oshirildi.
   1973 yil 31 mayda Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi Qarori chiqdi. Bu hujjatning qabul qilinishi O‘zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmatining rivojlanishida yangi bosqichni belgilab berdi. 
   1974 yildan boshlab, sanitariya-epidemiologiya xizmatining laboratoriya tekshiruvlari (tahlillari) markazlashtirildi. Toshkent shahrida va 9 ta viloyatlarda 31 ta tumanlararo laboratoriyalar tashkil etildi, zamonaviy uskunalar bilan jihozlandi. 
  Vazirlar Mahkamasining 1978 yil 24 iyuldagi “Sanitariya-epidemiologiya xizmatini yaxshilashning kelgusidagi choralari to‘g‘risida”gi 422-sonli qarorining qabul qilinishi Respublikada nafaqat Sog‘liqni saqlashni muhofazalash ishlarining rivojlanishida, balki joriy va yakuniy sanitariya nazoratining takomillashtirishda, boshqa mutasaddi muassasa va korxonalar tomonidan tashqi-muhitni ifloslantirishga yo‘l qo‘yilmaslik, suv ta’minotini yaxshilash, aholi yashash punktlarida sanitariya tozaligiga e’tibor berish, umumiy ovqatlanish korxonalarida bolalar muassasalarida sanitariya tozaligi, sog‘liqni muhofaza qilish tadbirlarining bajarilishini yaxshilashga asos bo‘ldi.
   1992 yil 3 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengash Qarori bilan “Davlat sanitariya nazorati to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Mazkur qonun Davlat sanitariya nazorati faoliyatini huquqiy asosidir. Bu qonunning qabul qilinishi (umumdavlat ahamiyatga ega bo‘lib) aholining sanitariya va epidemiologik xavfsizligini ta’minlashdek tadbirlarni bajarilishida umumdavlat ahamiyat kasb etmoqda.
Bugungi kunda respublika hududida jami 227ta DSENM, shundan 157tasi tuman, 40ta shahar, 14ta viloyat miqyosidagi, 15ta idoraviy va 1ta Respublika DSENM faoliyat ko‘rsatmoqdalar.

Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering