Rahbariyat

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig`i

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining birinchi o‘rinbosari
X.Norboev 1977 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan bo‘lib, Samarqand, Farg‘ona va Surxondaryo viloyatlarida harbiy sohaning sanitariya-epidemiologiya yo‘nalishida faoliyat yuritgan. Mutaxassisligi – gigienist-epidemiolog shifokor. 2002 yildan boshlab bir qator harbiy unvonlarga sazovor bo‘lgan, 2018 yilda esa tibbiy xizmat podpodkovnigi darajasiga erishgan. SEOJS boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishdan avval O‘zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi bosh sanitariya vrachi – Sanitariya-epidemiologiya nazorat markazi boshlig‘i bo‘lgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
1957 yilda tug‘ilgan Nurmat Atabekov ko‘p yillar davomida gigiena, sanitariya va epidemiologiya sohasida turli lavozimlarni egallab kelgan. Jumladan, Toshkent viloyati sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, Sog‘liqni saqlash vazirligi bosh boshqarma boshlig‘i, Respublika OITSga qarshi kurashish markazi direktori hamda Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti direktori lavozimlarida ishlab kelgan. Tayinlovdan avval esa Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig‘i vazifasida faoliyat yuritgan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
Kurbanov Botirjon Juraboevich 1979 yilda tug‘ilgan. Ko‘p yillar davomida sanitariya-epidemiologiya sohasida faoliyat yuritgan. U II darajali “Salomatlik” ordeni sohibidir. Tayinlovdan avval B.Kurbanov Sog‘liqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari lavozimida ishlagan.

O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi xizmati boshlig'ining o'rinbosari
Hayitov Qobuljon Isoqulovich 1986 yil 7 iyulda Navoiy viloyati Xatirchi tumanida to‘g‘ilgan. 2007 yili Toshkent moliya institutini tamomlagan. "Soliq xizmatining II darajali maslahatchisi" maxsus unvoniga ega.
2007-2008 yy. - O‘zbekiston-Rossiya O‘zDonMash qo‘shma korxonasi Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi mutaxassisi
2008-2010 yy. - O‘zbekiston-Rossiya O‘zDonMash qo‘shma korxonasi Tashqi iqtisodiy aloqalar bo‘limi boshlig‘i
2010-2010 yy. - "EffektAgroTexservis" mas'uliyati cheklangan jamiyat buxgalteri, bosh buxgalteri
2010-2011 yy. - Xalq banki Yunusobod filiali menejer maslahatchisi, bo‘lim boshlig‘i
2011-2012 yy. - Vaqtincha ishsiz
2012-2013 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi Buxgalteriya hisobi bo‘limi yetakchi iqtisodchisi
2013-2017 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Davolash-sog‘lomlashtirish majmuasi bosh buxgalteri
2017-2017 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moddiy-texnika ta'minoti va xo‘jalik ishlari boshqarmasi Davlat soliq qo‘mitasi Markaziy apparati buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i
2017-2018 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moddiy texnika ta'minoti va xo‘jalik ishlari boshqarmasi Markaziy apparat buxgalteriya hisobi bo‘limi boshlig‘i
2018-2019 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi davlat soliq katta inspektori
2019-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi davlat soliq bosh inspektori
2020-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari
2020-2020 yy. - Davlat soliq qo‘mitasi Moliya va moddiy-texnika ta'minoti boshqarmasi Buxgalteriya bo‘limi davlat soliq bosh inspektori
Tadbirlar taqvimi
Dsh | Ssh | Chsh | Psh | Jm | Shn | Yak |