• eye
Yangiliklar
time 04.05.2020
295
Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida zamonaviy MRT uskunasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Qashqadaryo viloyati ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida Germaniyaning KfW taraqqiyot banki moliyaviy mablag‘lari hisobiga “Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarini modernizatsiyalash” loyihasi doirasida 1 million yevro qiymatlik, Niderlandiyada ishlab chiqarilgan zamonaviy MRT uskunasi o‘rnatildi.

Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazida zamonaviy MRT uskunasi faoliyati yo‘lga qo‘yildi

Qayd etish joizki, shu paytgacha markazning neyroxirurgiya bo‘limi mazkur loyiha asosida ko‘chma rentgen-tashxislash tizimi va portativ rentgen apparati  bilan ta’minlangan edi. MRT uskunasining o‘rnatilishi mazkur xayrli tadbirlarning uzviy davomi bo‘ldi. 
-Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi bilan tibbiyot sohasini modernizatsiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda, - deydi viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot fanlari nomzodi Doniyor Tursunov. - Xususan, ko‘p tarmoqli, ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarini bunyod etish, ularni zamonaviy asbob-uskuna va texnologiyalar bilan ta’minlash, bilimli va tajribali mutaxassislarni  tayyorlash borasida bir qator yutuqlarga erishilmoqda. Bu yo‘nalishga salmoqli mablag‘lar ajratilib, investitsiyalar jalb etilayapti. Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazidagi bu qulaylik ham mana shu g‘amxo‘rlikning yorqin ifodasidir.
-O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi hamda Germaniya xalqaro hamkorlik jamiyati (GIZ) qo‘shma loyihasi asosida o‘tgan yilning dekabr oyida Germaniyada bo‘lib, mazkur mamlakat tibbiyoti yutuqlari, shu jumladan, mamlakatimiz tibbiyoti ravnaqiga yirik sarmoyalar ajratayotgan bilan KfW taraqqiyot banki  faoliyati batafsil tanishgan edik, - deydi viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi bosh shifokori To‘lqin Rasulov. - Mazkur bank ko‘magida keltirilgan mazkur zamonaviy uskuna markazimiz faoliyatini takomillashtirish, bemorlarga aniq tashxis qo‘yishda muhim ahamiyat kasb etishi shubhasiz. Markazimizda MRT tekshiruviga bemorlar imtiyozli order asosida qabul qilinadi. 
Mazkur uskunaning foydalanishga topshirilishiga bag‘ishlangan tantanali marosimda viloyat hokimining o‘rinbosari Rustam Yo‘ldoshev ishtirok etdi. 

Qashqadaryo viloyat sog‘liqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati.

Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering