• eye
Yangiliklar
time 02.06.2020
235
Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi oʼz vazifasidan ozod etildi

Ijtimoiy tarmoqlarda xodimlarini oʼz kabinetida soʼkayotgan rahbarning videosi tarqaldi. Tez orada video “qahramoni” Toshkent viloyati Sanitariya -epidemiologiya osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboev ekanligi maʼlum boʼldi.

Bugun Sogʼliqni saqlash vazirligi huzuridagi Sanitariya–epidemiologik osoyishtalik agentligi tomonidan xizmat tekshiruvi oʼtkazilib, mutaxassislar tomonidan oʼrganildi. Viloyat Sanitariya -epidemiologik osoyishtalik markazi bosh vrachi Baxtiyor Boltaboevning qoʼl ostidagi xodimlari bilan oʼta qoʼpol va axloqiy meʼyorlarga toʼgʼri kelmaydigan tarzdagi suhbati muhokama qilinib, qonunchilikda belgilangan tartibda tegishli chora koʼrildi.

Bosh vrach Sogʼliqni saqlash vazirining birinchi oʼrinbosari, mazkur agentlik direktori Bahodir Yusupalievning tegishli boʼyrugʼi bilan oʼz vazifasidan ozod etildi.

‼️Аyni paytda agentlik tomonidan Toshkent viloyati Sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazi faoliyatini tubdan oʼzgartirish, ish samaradorligini oshirish, xududda sanitariya va epidemiologiya holatini yanada yaxshilash kabi vazifalarga qatʼiy eʼtibor qaratilmoqda.

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi
Jamoatchilik bilan aloqalar boʼlimi.

Tadbirlar taqvimi

Tadbirlar taqvimi

Dsh Ssh Chsh Psh Jm Shn Yak
Diqqat! Agar siz matnda xatoliklarni aniqlasangiz, ularni belgilab, ma’muriyatni xabardor qilish uchun Ctrl+Enter tugmalarini bosing

Muammo haqida ma'murga xabar bering