• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-24

O‘ZBEKISTON VA YAPONIYA O‘RTASIDA TIBBIYOT YO‘NALISHIDA ILMIY-AMALIY HAMKORLIK MUSTAHKAMLANADI

topics-img

Kecha Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markaziga Yaponiyaning Toshkentdagi elchixonasi tibbiyot masalalari bo‘yicha maslahatchisi Fukuya Ryuta tashrif buyurdi.

Markaz direktori, professor Botir Tadjiyev va Yaponiya elchixonasi tibbiyot masalalari bo‘yicha maslahatchisi, doktor Fukuya Ryuta bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuv davomida O‘zbekiston va Yaponiya mamlakatida tibbiyot yo‘nalishida olib borilayotgan ishlar va hamkorlik masalalari yuzasidan suhbatlashishdi. Uchrashuv davomida tomonlar kelgusida yuqumli va parazitar kasalliklarni zamonaviy tashxislash, oldini olish va davolash bo‘yicha ikki mamlakat mutaxassislari o‘rtasida uzoq muddatli ilmiy-amaliy hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va tajriba almashish masalalari kelishib olindi.

Tashrif davomida doktor Fukuya Ryuta markaz mutaxassislarining yuqori malakali ixtisoslashtirilgan tibbiy yordam uchun o‘z minnatdorchiligini bildirdi. Markazda olib borilgan tibbiy muolajalar jahon standartlari asosida olib borilayogani va yuqori tajribali shifokorlarning bemorlarga bo‘lgan e’tiborini e’tirof etdi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee