• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-08

RADIATSION GIGIYЕNA

topics-img

Radiatsion gigiyena — radioaktiv moddalar va ionlovchi nurlarning inson organizmiga ta’sirini o‘rganuvchi gigiyenaning bir bo‘limi. Radioaktiv moddalar bilan ishlaydigan kishilar va umuman aholini nurlanishdan saqlash uchun sanitariya-gigiyena qoidalarini, standartlarni ishlab chiqish va asoslash, profilaktika choralari va ushbu nurlanishlarning zararli ta’siridan himoya qilish uchun ionlashtiruvchi nurlanish ta’sirining manbalari, darajalari va oqibatlarini o‘rganadi.

Radiatsion gigiyena, asosan, ionlovchi nur manbalari bo‘lgan korxona yoki muassasalar binosi, hududi va h. k. ning dozimetriyasi masalalari bilan shug‘ullanadi, radioizotoplar, rentgen apparatlari, gamma nurlar bilan ishlaydigan ishchilarning individual dozimetriyasini nazorat qiladi, mehnat gigiyenasi muammolarini hal qilish va atom sanoati korxonalari, uran, toriy konlari, kimyo, metallurgiya, mashinasozlik va b. sanoat korxonalari ishchilarining radiatsion xavfsizligini ta’minlash tadbirlarini ko‘radi. Shuningdek, tashqi muhit (havo, yer, suv va o‘simliklar) ni radioaktiv moddalar bilan ifloslanish jarayonlari va bu muhitning aholi sog‘lig‘iga, inson nasliga ta’sirini o‘rganadi. Radioaktiv moddalar bilan zararlangan oziq-ovqat mahsulotlarini sanitariya-ekspertiza qilish usullarini ishlab chiqadi va radioaktiv chiqindilarni yo‘qotish ustidan sanitariya nazorati olib boradi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee