• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-07

RATSIONAL OVQATLANISH NIMA?

topics-img

Sog‘lom turmush tarzini shakllantirishda ratsional ovqatlanish masalalarini tahlil etish har bir inson uchun zarur. Ovqatlanish madaniyatining asosiy tamoyillarini har birimiz bilishimiz kerak.

Ovqatlanishda albatta sarf bo‘lgan quvvat o‘rnini qoplash, tana vaznini me’yorda ushlab turish, ya’ni semirib ketish yoki ozib, holsizlanishning oldini olish muhim ahamiyatga ega. Bunda ham albatta odamning yoshi, jinsi, bo‘yi, mehnat turi inobatga olinishi shart.

Oqsillar, yog‘lar, uglevodlar, aminokislotalar, yog‘ kislotalari va fitonsidlar miqdori balanslashgan bo‘lishi kerak. Oddiyroq qilib aytganda, oziq-ovqatlar turli-tuman bo‘lishiga e’tiborni qaratish lozim, shunda ular fermentlar tomonidan yaxshi parchalanadi va oson hazm bo‘ladi.

Quyida to‘g‘ri ovqatlanishda ovqat tarkibi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan:

•  Oqsillar: baliq, tuxum, kurka, tovuq go‘shtlari, sut, tvorog, mol va qo‘y go‘shti.

•  Uglevodlar: guruch, bulg‘or qalampiri, makaron, jo‘xori uni, grechixa, banan, mevalar, mayiz.

•  Kletchatka: oddiy karam, brokkoli, ismaloq, sabzi, lavlagi, qovoq, baqlajon va mevalar.

•  Yog‘lar: yong‘oq,  hayvon va o‘simlik yog‘i, baliq, sariyog‘.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee