• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-24

REJALI TEKSHIRUV DAVOMIDA QATOR KAMCHILIKLAR ANIQLANDI

topics-img

Kuni kecha Sergeli tumanida joylashgan 42-sonli davlat maktabgacha ta'lim tashkilotida 0355-18 sonli Sanitariya qoida va me'yorlari asosida rejali sanitariya nazorati o'tkazildi.

Nazorat davomida quyidagi kamchiliklar aniqlandi:

- DMTTning barcha guruhlarida 30% sun'iy  yoritgichlar nosoz holatda, yoritilish ko'rsatkichlari me'yordan kam ekanligi;

- DMTT sport zalida isitish tizimining nosoz holatda bo'lib, sport zalidan foydalanilmayotgani;

- profilaktik dezinfeksiya tadbirlarini o'tkazish bo'yicha shartnoma tuzilmaganligi;

- 2023-yilda bolalarni dispanserizatsiyadan o'tkazilmaganligi;

- 4 nafar pedagog xodimlarning tibbiy ko'rik davri vaqtidan o'tganligi.

Nazoratda aniqlangan kamchilik va qonun buzilishi holatlari yuzasidan DMTT direktoriga ma'muriy bayonnoma tuzilib, kamchiliklar bartaraf qilinishi bo'yicha ko'rsatma va tavsiyalar berildi, muddatlar belgilandi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee