• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-29

RESPUBLIKADAGI UMUMTA’LIM MAKTABLARNING 2023-2024 O‘QUV YILIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi tomonidan Respublikadagi umumta’lim maktablarning 2023-2024 o‘quv yiliga tayyorgarligi O‘zbekiston Respublikasi “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi to‘g‘risida”gi qonuni doirasida o‘rganildi.

 Respublikadagi jami 9978 ta umumta’lim maktablardan 7039 tasida 2023-2024 yangi o‘quv yiliga tayyorgarligi, sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlariga  (SanQvaN) rioya qilinishi ustidan nazorat o‘tkazilib, quyidagilar aniqlandi:

Joriy yilning bugungi kun holatiga ko‘ra o‘rganilgan umumta’lim maktablaridan jami 5398 tasi yangi o‘quv yiliga tayyor holatga keltirilgan,  1612 tasida tayyorgarlik ishlari davom etmoqda, 29 tasida ta’mirlash, jihozlash, tayyorgarlik ishlari olib borilmayotganligi aniqlandi.

Hududlar kesimida yangi o‘quv yiliga eng yaxshi tayyorgarlik Buxoro,  Samarqand va Xorazm viloyatlarida ko‘rilganligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.

  O‘rganishlar davomida aniqlangan kamchiliklar va muammolarni bartaraf etish maqsadida, umumta’lim maktablari rahbarlariga ko‘rsatma va tavsiyalar berilgan. Jumladan, maktab hududlarda obodonlashtirish ishlarini olib borish bo‘yicha 1881 ta, tomlarni ta’mirlash bo‘yicha 345 ta, sinf xonalarni ta’mirlashga 847 ta, yerto‘lalarni ta’mirlashga 96 ta, isitish tizimini ta’mirlashga 847 ta, hojatxonalarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha 1290 ta, oshxonalarning sanitariya holatini yaxshilash bo‘yicha 885 ta ko‘rsatma va tavsiyalar belgilab berildi. 

Umumta’lim maktablarda sanitariya qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘ygan 2752 nafar mas’ul shaxsga nisbatan ma’muriy choralar (jarimalar) qo‘llanilgan, 78 ta umumta’lim maktablar ish faoliyati vaqtincha to‘xtatilgan, 1768 nafar ishchi-xodimlar tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tmagani sababli ishdan vaqtincha chetlashtirilgan.  Aniqlangan kamchiliklarni o‘z vaqtida bartaraf etilishi Sanepidqo‘mita tomonidan nazoratga olingan bo‘lib tayyorgarlik  ishlari davom ettirilmoqda.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee