• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-05-10

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASINING 2024-YIL 1-CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA HAY’AT YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI

topics-img

Bugun 10 may kuni bo‘lib o‘tgan Хay’at yig‘ilishida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi, rais o‘rinbosarlari, kun tartibiga muvofiq masalaga tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda laboratoriya mudirlari, Respublika tasarrufidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari; Sanitariya-epidemiologiya qo`mitasi muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibi:

  1. Respublikada virusli gepatitning A turini tashxislash, davolash va oldini olish borasida amalga oshirilayotgan tadbirlar, mavjud muammolar, ularning yechimlari hamda kelgusidagi vazifalar to‘g‘risida. 
  2. Karantin va o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha respublikada epidemik vaziyat, kasallikni tashhislash, davolash va oldini olishda kuzatilayotga muammolar hamda 2024 yilda amalga oshiriladigan vazifalar to‘g‘risida.
  3. Yuridik va jismoniy shaxslarning sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari mosligi bo‘yicha tekshirishlarni tashkil qilish, qo‘llanilgan choralar bo‘yicha Buxoro, Namangan va Toshkent viloyatlari misolida olib borilgan tadbirlar to‘g‘risida.
  4. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023 yil 4 iyuldagi “Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 272-sonli qarori doirasida amalga oshirilgan tadbirlar va kelgusidagi vazifalar, hududiy boshqarmalar tuman (shahar) bo‘limlarining kadrlar ta’minoti, tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish to‘g‘risida.

Ma’ruzalar  tinglangandan so‘ng Xay’at kengashi raisi B.Yusupaliyev barcha viloyatlarga quyidagi topshiriqlarni berdi:

  • Sanepidqo‘mita boshqarmalari va Sog‘liqni saqlash boshqarmalari yuqumli kasalliklar bo‘yicha hamkorlikda faoliyat olib borishlari zarurligi;
  • gepatit A kasalligi differensial diagnostikasiga alohida e’tibor qaratishni hamda gepatit B kasalligi skriningini barcha sog‘liqni saqlash boshqarmalari kun tartibiga qo‘yib, haftada 1 marta bu bo‘yicha VKS o‘tkazishni;
  • epidemiologik monitoring tizimini yaxshi yo‘lga qo‘yish;
  • maktab bog‘chalarni sanitariya holatini (qo‘l yuvish uchun sharoitlar, hojatxonalar) xatlovdan o‘tkazish;
  • gepatit A ga  emlash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini kuchaytirish;
  • mahallabay tizimi bo‘yicha olib borilayotgan ishlarni sanepidqo‘mita viloyat, tuman bo‘limlari TTB lar bilan hamkorlikda bajarishlari;
  • har bir o‘ta xavfli kasalliklar bo‘yicha viloyat veterinariya boshqarmalari bilan hamkorlikda chora-tadbirlar ishlab chiqish;
  • o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar bo‘yicha har bir viloyatda veterinariya xizmati bilan hamkorlikda favqulotda epidemiyaga qarshi kurash komissiyasini o‘tkazish;
  • kadrlar malakasini oshirish  ishlarini  byudjetdan ajratilgan kvota bo‘yicha tashkil etish.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee