• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-22

SOG‘LOM OVQATLANISH YUUQUMLI BO‘LMAGAN KASALIKLARNING OLDINI OLISHNING SAMARADOR USULIDAN BIRIDIR

topics-img

Jahon sog‘liqni saqlash tashkilotining ma’lumotiga ko‘ra, jismoniy faollik hamda ovqatlanish me’yor va qoidalariga amal qilmaslik, tarkibida tuz, qand, yog‘ miqdori ko‘p bo‘lgan taom va shirinliklarni me’yoridan ortiq iste’mol qilish, shuningdek yetarli darajada vitamin va minerallar iste’mol qilmaslik oqibatida yoshlarda ratsional o‘sish va aqliy rivojlanishda ortda qolish, kattalarda esa yurak qon-tomir, endokrin, xavfli o‘sma kabi insonning erta o‘limiga olib keluvchi qator kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo‘ladi.

 

 JSST mutaxassislarining fikricha yuqumli bo‘lmagan kasaliklarning oldini olishning ilmiy tasdiqlangan eng samarador uslublaridan biri sog‘lom ovqatlanishni rivojlantirish hisoblanadi.

 

 Ushbu vazifa ijtimoiy – gigiyenik monitoring tizimini joriy etish bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib, uning majburiy qismlaridan biri aholining ovqatlanish sifatini va unga bog‘liq salomatlik mezonlarini ishlab chiqish ushbu monitoring dasturining muhim nuqtalaridan bo‘lib hisoblanadi.

 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 10 noyabrdagi PQ-4887-son «Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi Qarori va ushbu qaroriga 1-ilova «2020 — 2025 yillarda aholida sog‘lom ovqatlanish odatini shakllantirish bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi» yuqumli bo‘lmagan kasalliklar profilaktikasiga yo‘llangan.

 

 Oziq-ovqat mahsulotlari sifatiga bo‘lgan talablarni, ularning yoshga oid, ijtimoiy, jo‘g‘rofiy va ekologik omillar, tartiblar va ovqatlanish sharoitlariga bog‘liq ravishda iste’mol etilishi bo‘yicha tavsiyalarni ishlab chiqish, shu bilan birga, oziq-ovqat mahsulotlari va ular bilan aloqada bo‘luvchi materiallarning sifati va xavfsizligini sanitariya-epidemiologiya (gigiyena) ekspertizasi va oziq-ovqat obyektlarining qurilishi va foydalanilishini nazorat qilish maqsadida Surxondaryo viloyatida istiqomat qiluvchi chorvadorlarning ovqatlanish ratsioni o'rganilib, so'rovnoma o'tkazildi.

 

 So’rovnoma o’tkazish jarayonida dastlab chorvadorlarning shaxsiy ma’lumotlari to’planib, so’ng

Siz necha kun meva iste’mol qilasiz?

Siz necha kun sabzavot iste’mol qilasiz?

Siz soyali yoki qaylalar kabi tuz yoki tuzli souslarni qanchalik tez-tez qo‘shasiz?

Sizning oilangizda ovqat tayyorlash uchun qaysi turdagi o‘simlik moylari yoki hayvon yog‘larini ko‘proq ishlatasiz?

Siz o‘rtacha haftada necha marta uyda pishirilmagan taomlarni iste’mol qilasiz? kabi ovqatlanish ratsioni haqidagi asosiy savollarga javob olindi.

 

Barcha chorvadorlarning javoblari hozirgi kunda mutaxassislar tomonidan tahlil qilinib, uslubiy tavsiyanoma ishlab chiqilmoqda.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee