• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-29

TADBIRKORLARDAN 8 TURDAGI HISOBOTLARNI TALAB QILISH BEKOR QILINDI

topics-img

Qarorga ko‘ra, 2024-yildan tadbirkorlardan talab qilinadigan, o‘zaro bir-birini takrorlovchi va davlat organlarining boshqa organlardan olish imkoniyati mavjud bo'lgan 8 turdagi hisobot va statistik ma’lumotlar bekor qilinadi.

Shuningdek, tadbirkorlik subyektlari tomonidan davlat organlariga taqdim etiladigan hisobot va statistik ma'lumotlarning yagona ro‘yxati tasdiqlandi.

Qarorga ko‘ra, hisobotlar faqat axborot tizimlari orqali taqdim etiladi.

2026-yil 1-yanvargacha “tadbirkorlik subyektining shaxsiy kabineti” orqali hisobotlarni shakllantirish va davlat organlariga taqdim etishni nazarda tutuvchi yagona hisobotlar tizimi joriy qilinadi.

Hisobotlarni topshirish quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

• 2026-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – ixtiyoriy;

• 2027-yil 1-yanvardan kichik va o‘rta tadbirkorlik subyektlari uchun – majburiy;

• 2028-yil 1-yanvardan barcha tadbirkorlar uchun – majburiy.

Manba: PQ–8-son, 09.01.2024-y.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee