• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-21

XALQARO FESTIVALGA JIDDIY TAYYORGARLIK KO‘RILDI

topics-img

Joriy yilning 21-23 sentabr kunlari Qo‘qon shahrida o‘tkaziladigan II Xalqaro hunarmandchilik festivali oldidan, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qo‘qon shahar bo‘limi mutaxassislari tomonidan, xorijiy hamda mahalliy mehmonlar ovqatlanadigan restoran, kafe va to‘yxonalarning sanitariya, texnik holatini yaxshilash maqsadida bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Xususan, ovqatlanish joylarini kosmetik ta’mirlanishi, gulzorlar tartibga keltirilishi, mavsumiy gullar ekilishi, daraxtlarga shakl berilishi kabi ishlar o‘tkazilmoqda.

 Shuningdek, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash ombori, taom tayyorlash, pishirish, idishlarni yuvish xonalari sanitariya holati yanada yaxshilanmoqda.

Shaxobchalarda qo‘l yuvish uchun sharoit, ishchilar maxsus kiyimlarda ishlashi, salomatligi kabi holatlar o‘rganilib, aniqlangan muammolar qisqa muddat ichida, hamkorlikda bartaraf qilindi.

 Ishchi-xodimlarga “Umumiy ovqatlanish korxonalariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari” mavzusida   maxsus ta’lim kursi o‘qitildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee