• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2024-01-31

XORAZM VILOYATINING CHEKKA HUDUDLARIDA TARG‘IBOT TADBIRLARI O‘TKAZILMOQDA

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Xorazm viloyati  boshqarmasi,  Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va tibbiyot xodimlari ishtirokida zooantropanoz o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar (Qrim-Kongo gemorragik isitma, quturish, brutsellyoz va kuydirgi) profilaktikasi bo‘yicha bir qator tadbirlar amalga oshirildi.

 Kuydirgi kasalligining tabiiy o‘choqlaridan biri bo‘lmish Tuproqqal’a tuman Tuproqqal’a maskanida yirik va mayda shoxli hayvonlarni kuydirgi kasalligiga emlash ishlari o‘tkazildi, chorvachilik bilan shug‘ullanuvchi fuqarolarga zooantropanoz kasallikning oldini olish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi va ushbu hududda foliyat olib boruvchi oilaviy  shifokorlik punkti tibbiyot xodimlariga aholiga ushbu kasalliklar bo‘yicha tushuntirish ishlarini olib borishlari to‘g‘risida topshiriqlar berildi.

 Bu kabi tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad tuman hududida quturish, brutsellyoz va kuydirgi kasalliklarining oldini olish, uning xavf manbai va omillarini bartaraf etish ishlarini samaradorligini oshirishdir.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee