Sanepid haqida
Qo’mitaning asosiy vazifalari
Sanitariya-epidemiologiya sohasida potensial xavf-xatarlarni aniqlash, baholash, respublika hududidagi yuqumli kasalliklar tabiiy o‘choqlari ustidan epidemiologik monitoring va epidemiyaga qarshi profilaktik tadbirlar majmuini amalga oshirish;
Sanitariya-gigiyena, radiatsion gigiyena, fizik omillar, bakteriologiya, virusologiya, parazitologiya va o‘ta xavfli kasalliklar tashxisi bo‘yicha laboratoriyalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;
Inson salomatligiga ta’sir etuvchi xavfli omillarni boshqarish, tizimli monitoringini olib borish va tahlil qilishning yangi shakl va usullarini ishlab chiqish hamda amaliyotga joriy etish;
Jamoat salomatligi va kasalliklar profilaktikasi hamda aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligiga doir davlat siyosatini samarali amalga oshirish, mazkur yo‘nalishda davlat organlari va tashkilotlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;

Sanitariya-epidemiologiya Qo’mita o‘z faoliyatida
O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi va qonunlariga
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga
Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlariga
Shuningdek, ushbu nizomga va boshqa qonun hujjatlariga amal qiladi.
