• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-31

35421 NAFAR FUQARODA EKSPRESS TEST O‘TKAZILDI

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2023 yil 1 maydagi 95 -sonli “Aholi orasida virusli gepatitning В va С turlarini erta aniqlash va davolash tadbirlarini amalga oshirish to‘g‘risida"gi buyrug‘i  va shu asosda  Farg‘ona viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasining 2 may 2023 yil 71-sonli buyrug‘i  ijrosini ta’minlash maqsadida viloyatda bir qator amaliy ishlar olib borilmoqda.

Yuqumli va xavfli kasallik sirasiga kiruvchi virusli gepatit ВС kasalliklarini barvaqt aniqlash maqsadida Farg‘ona shahridagi poliklinikalarda bepul ekspress testlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.

2023 yil 28 avgust holatiga viloyatda jami 35421 nafar fuqaroda ekspress test o‘tkazildi. Virusli gepatitning “С” turi aniqlangan shaxslarda Sanepidqo‘mita Farg‘ona viloyat boshqarmasining virusologiya laboratoriyasida gepatit С virusiga  PZR tahlillari o‘tkazilib, tahlil xulosalariga ko‘ra musbat natija aniqlangan bemorlarga gepatomarkaz tomonidan Sofosbuvir va Daklatasvir virusga qarshi dori  preparatlari berildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee