• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-10-18

BELGILANMAGAN JOYLARGA MAISHIY CHIQINDILARNI TASHLAGANLAR MA’MURIY JAVOBGARLIKKA TORTILADI

topics-img

  Sanepidqo`mita Xorazm viloyat boshqarmasi va Milliy gvardiya viloyat bo‘yicha boshqarmasi hamda  Qo‘riqlash boshqarmasi  rahbarlari ishtirokida Urganch dehqon bozori hamda viloyat markazidagi istirohat bog‘lari hududlaridagi savdo dokonlari, xizmat ko‘rsatish shohobchalarida "Belgilanmagan joylarga maishiy chiqindilarni tashlash, maishiy chiqindilar va boshqa chiqindilarni to‘plash, tashish chog‘ida tabiatni muhofaza qilish talablarini buzish, aholi punktlarini obodonlashtirish qoidalarini buzish"ga oid huquqbuzarliklarining oldini olish bo‘yicha targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilib, tushuntirish ishlari o‘tkazildi.

 Tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanuvchi sub’ektlarga mazkur talablarga rioya etish va bu orqali Respublikamizning ekologik tizimining yaxshilanishiga hissa qo‘shishlari, shu bilan birga belgilangan qoidalarga rioya qilmaganlar javobgarlikka tortilishlari to‘g‘risida ogohlantirildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee