• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-01

DEHQON BOZORIDA PROFILAKTIK TADBIRLAR O‘TKAZILDI

topics-img

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Farg‘ona viloyat boshqarmasi, viloyat favqulodda vaziyatlar boshqarmasi, bozor ma’muriyati, viloyat IIB, viloyat Ekologiya boshqarmasi hamda Milliy gvardiya Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi mas’ullari ishtirokida Farg‘ona shahar dehqon bozori va uning hududlarida profilaktik tadbirlar o‘tkazildi.

 Jumladan, Farg‘ona shahrida joylashgan “Baraka bozori”, “Farg‘ona dehqon bozori” va unga yondosh hududlarda savdo qiluvchilar va tadbirkorlarga belgilangan joylarda shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya etishlari, maxsus kiyim-boshda savdo qilishlari, mahsulotlarni usti yopiq holatda saqlashlari va o‘z vaqtida tibbiy ko‘rikdan o‘tishlari haqida batafsil tushuntirishlar berildi.

 Shuningdek, bozor hududida yig‘ilib qolgan 155 kg. chiqindilar belgilangan joylarga olib ketildi. Bozorning belgilanmagan joylari, piyodalar yo‘laklarida savdo qilayotgan 50 dan ziyod sotuvchilarga rastada savdo qilishlari bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bozorning chiqindixonasida yig‘ilgan 3,5 tonna maishiy chiqindilar bozor hududidan chiqarildi va  zararsizlantish ishlari olib borildi. Bozorga yondosh hududdagi 150 metr irrigatsiya ariqlari tozalatildi.

 Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan hudud mas’ullariga tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi. Bu kabi reyd tadbirlari davom etmoqda.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee