• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-10-27

GERMANIYA OLIY TA’LIM MUASSASALARI BILAN HAMKORLIK O’RNATILDI

topics-img

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash markazi va Germaniyaning Deggendorf texnologiya instituti o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.

 Ma`lumot o`rnida aytish mumkinki Deggendorf texnologiya instituti 1994 yili Bavariya shahrida tashkil etilgan bo`lib, amaliy fanlarni o‘qitish bo‘yicha jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallaydi. Hozirda ta`lim muassasasi 8600 nafar talabaga ega, shundan 45 foizi xalqaro talabalar hisoblanadi. Alohida ta`kidlash joizki taʼlim shakli ingliz yoki nemis tillarida o‘qitiladigan kunduzgi va sirtqi kurslarda bakalavriat va aspirantura darajasiga biznes, muhandislik, raqamlashtirish va sog‘liqni saqlashga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda xalqaro bakalavriat talabalar almashinuvi dasturi ham yo‘lga qo‘yilgan.

 Tashkilotning Bavariya o‘rmon mintaqasidagi qo‘shni tumanlar atrofida joylashgan o‘n uchta noyob texnologiyasi va sog‘liqni saqlash kampuslari mavjud.

 

Ikki tashkilot o‘rtasida o`rtasida imzolangan memorandum doirasida:

·        ikki tashkilot o‘rtasida Sanitar va ekologik parazitologiya sohasida hamkorlikda ilmiy tadqiqotlar o‘tkazishni yo‘lga qo‘yish;

·        kadrlar almashinuvi;

·        tibbiyotga raqamli texnologiyalarni joriy etish;

·        dizenfektologiya va Bakteriologiya sohasida jahon talablari asosida yangi metodikani joriy qilish kelishib olindi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee