• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-10

GO'ZALLIK SALONLARI VA SARTAROSHXONALARDAN YUQUVCHI KASALLIKLAR HAQIDA BILASIZMI?

topics-img

Go‘zallik saloniga borar ekansiz, mijoz o‘zini mutaxassisga to‘liq ishonib topshiradi va o‘z xavfsizligi haqida kamdan-kam hollarda o‘ylaydi. Oddiy sanitariyaga amal qilmaslik esa jiddiy oqibatlarga, xususan infeksion kasalliklarni yuqtirishga olib kelishi mumkin. Mana shuning uchun ham muassasa egasi sanitariya normalariga, xususan, sartaroshxona asboblarini dezinfeksiyalash va sterillashda amal qilishga qo‘yiladigan talablarni jiddiy tarzda oshirishi zarur.

Salonlarda yuqishi mumkin bo'lgan  kasalliklar  qanday yo'llar orqali  yuqadi?

Bugungi kunda 100 dan ortiq patogen mikroorganizmlar, shu jumladan sog‘liq uchun juda xavfli va go‘zallik salonida yuqtirish mumkin bo‘lgan mikroorganizmlar ma'lum. Ommabop kosmetika protseduralaridan o‘tayotganda yuqtirib olish mumkin bo‘lgan oltita keng tarqalgan kasallikni ko‘rib chiqamiz:

Tirnoqlar zamburug‘i — sog‘lom odamning tirnoqlariga zararlangan asbob bilan ishlov berish deyarli 100% holatlarda kasallik yuqishiga olib keladi.

Pedikulyoz — parazitar kasallik, mijozlar bilan ishlaganda sanitariya normalariga amal qilmaydigan sartaroshxonalarda tez-tez uchraydigan “mehmon”. Sartaroshxonalarda kasallik asboblar orqali hamda kesilgan va o‘z vaqtida tozalab olinmagan soch qoldiqlari orqali o‘tadi.

Gerpes virusi – lablarda, burun va og‘iz shilliq qavatlarida, kamdan-kam holatlarda ko‘zlarning burchaklarida, chovda, tirnoqlar yonida davriy toshmalar ko‘rinishida namoyon bo‘ladi. Piling, mezoterapiya, lablarning permanent makiyaji va hatto terining sezilarsiz shikastlanishi bilan bog‘liq boshqa protseduralar paytida gerpes virusini yuqtirish xavfi mavjud. Kasallikning oldini olish choralari – asboblarni sterillash va seansdan so‘ng darhol antiseptik vositalardan foydalanish.

Tillarang stafilokokk – atrof muhitda keng tarqalgan, odam organizmidan tashqarida 6 oygacha yashash qobiliyatini saqlashga qodir bo‘lgan bakteriya. Infeksiya o‘chog‘iga, masalan, teridagi yoki sochlar asosidagi toshmalarga tekkan asboblar kasallikni yuqtirish manbalari hisoblanadi. Shuningdek quloqlarni teshtirganda, pirsing, tatuirovka qilganda va hatto oddiy soch kesish jarayonida ham kasallikni osongina yuqtirib olish mumkin.

B, C gepatiti viruslari- virus shilliq qavatlar yoki shikastlangan teri bemorning biologik suyuqliklari bilan kontakt qilganida yuqishi mumkin. Shuni esda saqlash muhimki, virusni yuqtirish uchun tashuvchi qonining 0,0001 ml gacha bo‘lgan juda kam miqdori ham yetarli hisoblanadi, bu infeksiyaning zararlangan jarrohlik, kosmetologik asboblar, tatuirovka uchun ninalar va ustara orqali yuqishini istisno qilmaydi.

OIV-infeksiyasi- bemor kishining biologik suyuqliklari orqali OIV-infeksiyasini ham yuqtirish mumkin. Tatuaj, kesma manikyur va pedikyur yuqtirish nuqtai nazaridan eng xavfli protseduralar hisoblanadi.

Afsuski, ko‘plab sartaroshxonalarda, go‘zallik salonlarida mutaxassislarning o‘zlari dezinfeksiyalash va sterillash rejimlariga amal qilish lozimligiga yetarlicha ahamiyat berishmaydi. O‘z navbatida, asboblarni dezinfeksiyalash, sterillash va saqlash qoidalarining buzilishi bir talay muammolarga, xususan, ham mijozlarning, ham ustalarning o‘zining ko‘plab infeksiyalarni yuqtirishiga sababchi bo‘ladi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee