• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-10-25

HAY'AT YIG'ILISHI

topics-img

SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK OSOYISHTALIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASINING 2023-YIL 3-CHORAK YAKUNLARI BO‘YICHA HAY’AT YIG‘ILISHI BO`LIB O`TDI

Yig‘ilishda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisining o‘rinbosarlari, kun tartibiga muvofiq masalaga tegishli boshqarma va bo‘lim boshliqlari hamda laboratoriya mudirlari;

Respublika tasarrufidagi muassasalar, ilmiy-tadqiqot institutlari direktorlari; Idoraviy Sanitariya-epidemiologiya qo`mitasi muassasalari rahbarlari ishtirok etdilar.

Kun tartibi:

·        Respublikada qayd etilayotgan ovqatdan zaharlanish holatlari va joylarda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar.

 

·        Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasining hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan umumta’lim muassasalari ustidan olib borilayotgan davlat sanitariya nazoratining holati.

 

·        Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasi muassasalarida korrupsiyaga qarshi ichki  nazorat tuzilmalarining tashkil etilish holati hamda ular tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar tahlili, mavjud muammolar va ularni bartaraf etish borasida tavsiyalar.

 

Sanitariya-gigiyena boshqarmasi ovqatlanish gigiyenasi bosh mutaxassisi Abdurahmon Ismailov tomonidan Respublikada qayd etilayotgan ovqatdan zaharlanish holatlari va joylarda o‘tkazilayotgan profilaktik tadbirlar to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

 Joriy yilning o‘tgan 8 oyi davomida 39 ta holatda guruhli zaharlanish qayd etilib, ularda 414 nafar fuqaro jabrlangan, 3 nafari vafot etgan. Jabrlanganlarning 86 nafari bolalardir.

 

️ Zaharlanish holatlarining – 21 tasi (53,8 %) botulizm, 1 tasi MTT (2,5 %), 13 tasi (23,0 %) ovqattoksikinfeksiyasi va 1 tasi (2,5%) kimyoviy zaharlanishlarga to‘g‘ri keladi.

 21 ta holatda uy sharoitida tayyorlangan konserva mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida yuzaga kelgan “Botulizm” kasalligining 3 tasi Jizzax, 6 tasi Samarqand va 6 tasi Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri keladi.

 

Qayd etilgan ovqatdan zaharlanish holatlarining kelib chiqishi sabablari tahlil etilganda:

🔷 umumiy ovqatlanish ob’ektlari, nodavlat ta’lim muassasalari oshxonalari sanitariya qoida va me’yorlari talablariga mos kelmagan holda faoliyat yuritayotganligi;

🔷 oshxonalarning jihozlar bilan to‘liq ta’minlanmagan va mavjudlari esa ma’nan eskirgan yoki nosoz holatda ekanligi;

🔷 taom tayyorlash uchun sifati va xavfsizligi kafolatlanmagan oziq-ovqat mahsulotlari ishlatilishi;

🔷 umumiy ovqatlanish ob’ektlari oshpazlarining ko‘pchiligi soha bo‘yicha o‘qimaganligi, ularning taom tayyorlash texnologiyalarini, oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va realizatsiya qilish qoidalarini bilmasligi aniqlandi.

 

Sanepidqo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari Nurmat Atabekov Qo‘mitaning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) bo‘limlari tomonidan umumta’lim muassasalari ustidan olib borilayotgan davlat sanitariya nazoratining holati hamda Jamoatchilik Kengashi tomonidan o‘rganilgani to‘g‘risida ma’lumot berdi.

 

·        O‘zbekiston Respublikasi Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar boshqarmalari Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limlarining sanitariya vrachlari va vrach yordamchilari shtatlari tahlil qilinganda 5,9 % birinchi toifali, 4,3 % ikkinchi toifali, 41,8 % oliy toifali shifokorlardir.

·         

 Hududiy boshqarmalar tomonidan jami 30849 ta xususiy ta’lim muassasalaridan 1546 tasida xavflilik darajasi tahlil etilgan. Shulardan xavfi yuqori bo‘lgan ob’ektlar 146 ta, xavfi o‘rtacha bo‘lgan ob’ektlar 995 tani tashkil etgan.

 

Hay’at yig‘ilishi so`nggida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi raisi Bahodir Yusupaliyev  tomonidan hududlardagi rahbar kadrlarning korrupsiyaga qarshi kurashish borasida olib borayotgan faoliyati tanqidiy tahlil qilindi.

 

 Jamoatchilik Kengashi a’zolari tomonidan taqdim etilgan takliflari inobatga olinishi;

 

 Kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan rahbarlar qat’iy ogohlantirilib, tegishli tartibda intizomiy choralar ko‘rilishi aytib o‘tildi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee