• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-01

KODEKS ALIMENTARIUSNING OZIQ-OVQAT XAVFSIZLIGI VA XALQARO OZIQ-OVQAT SAVDOSINI YAXSHILASHDAGI ROLI

topics-img

30 oktabr kuni poytaxtimizdagi “Panarams Hotel Tashkent” mehmonxonasida “Kodeks Alimentariusning oziq-ovqat xavfsizligi va xalqaro oziq-ovqat savdosini yaxshilashdagi roli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.

Unda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va  Oliy Majlis Qonunchilik palatasi vakillari, JSST, FAO mas’ullari, shuningdek, oziq-ovqat xavfsizligi sohasidagi vakolatli organlar – Sanepidqo‘mita, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi, Karantin va o‘simliklarni muhofaza qilish agentligi, Texnik jihatdan tartibga solish agentligi hamda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, qayta ishlash va sotish sohasidagi tadbirkorlik sub’ektlari, xalqaro tashkilotlar vakillari ishtirok etdi.

 Tadbirni Sanepidqo‘mita raisi o‘rinbosari N.Atabekov kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda so`z olgan JSST/Yevropa oziq-ovqat xavfsizligi va zoonoz kasalliklar bo'yicha mutaxassis Piter Sousa Xojskov “Kodeks Alimentarius oziq-ovqat xavfsizligini yaxshilash va xalqaro oziq-ovqat savdosini osonlashtirish uchun ahamiyati” yuzasidan ma`lumot berib o‘tdi.

                Ma’lumot o‘rnida aytish kerakki Kodeks Alimentarius – bu yagona formatda taqdim etilgan oziq-ovqat mahsulotlariga oid xalqaro standartlar, ko‘rsatmalar, normalar va qoidalar to‘plami hisoblanadi. Kodeks Alimentariusga a’zo bo‘lish import qiluvchi mamlakatlarda O‘zbekiston mahsulotlariga bo‘lgan ishonchni kuchaytiradi, bu milliy tovarlar eksportining o‘sishiga ta’sir qilsa, ikkinchi tomondan faqat yuqori sifatli va xavfsiz mahsulotlar respublikaga import qilinishiga erishiladi.

             Oziq-ovqat sohasida faoliyat olib boruvchi xo‘jalik yurituvchi sub’ektlarga Kodeks Alimentarius standartlari yuzasidan tushuntirish ishlarini olib borilishi va xalqaro tajribaga asoslangan amaliyotlarni joriy qilishda ko‘maklashish bo‘yicha mas’ul organ Kodeks Alimentarius milliy komissiyasi hisoblanadi. Milliy komissiya Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi huzurida tuziladi.

         Davra suhbatida loyihaning kelgusidagi faoliyati va O‘zbekiston Milliy komissiyasi a’zolarining roli yuzasidan muhokamalar olib borildi. Kodeks Alimentarius masalalari bo‘yicha tarmoqlararo hamkorlikni yo‘lga qo‘yilishi Respublikamizda oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta’minlanishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee