• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-10-18

MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTLARIDA SOGʻLOM OVQATLANISH QOIDALARIGA AMAL QILISH HOLATLARI O‘RGANILDI

topics-img

Qoraqalpog‘iston respublikasi Amudaryo tumani Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat  salomatligi bo‘limi  mutaxacsislari  tomonidan  Amudaryo tumani maktabgacha ta’lim  bo‘limi tasarrufidagi barcha maktabgacha ta’lim muassasalarida  sog‘lom ovqatlanishni  tashkil etish, taqiqlangan  mahsulotlarni  tashkilot  hududiga kiritmaslik, ovqatdan zaharlanish  holatlariga  yo‘l  qo‘ymaslik masalalari bo‘yicha  o‘rganish ishlari olib borildi.

    O‘rganishlar davomida  MTTlarning  oshxonalari jihozlanishi, tarbiyalanuvchilarning sog‘lom  ovqatlanish tartibiga amal qilishi,   oshxonada taom  tayyorlash jarayonida sanitariya-gigiyena qoidalari  va  normativlariga rioya qilishga doir mavzularida hamshira, oshpazlar va tarbiyachilarga tushunchalar berildi.

    Shuningdek, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi bo‘limining sanitariya-gigiyena laboratoriyasiga hududlardagi MTTlarda tayyorlanayotgan, saqlanayotgan oziq-ovqat mahsulotlaridan namunalar keltirildi. Olingan namunalar organoleptika, namlik, kislotalik, kleykovina, ombor zararkunandalari, metall  aralashma, g‘ovakligi, azot, nitrat, mahsulotning qaynatilishi, yog‘i, quruq qoldig‘i, ishqoriyligi, undagi  yod miqdori, og‘ir metall tuzlari, tayyor taomlarning termik ishlov berilishi kabilar va sutkalik kaloriya  ko‘rsatkichlari bo‘yicha  ko‘rildi.

    Sanitariya-gigiyena laboratoriyasida namunalarni  tegishli sanitariya qoida va me’yorlari  va oziq-ovqat  mahsulotlari texnik reglamentlari asosida tekshirildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee