• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-01

MEMORANDUM IMZOLANDI

topics-img

Respublika ixtisoslashtirilgan epidemiologiya, mikrobiologiya, yuqumli va parazitar kasalliklar ilmiy-amaliy tibbiyot markazi va Ozarbayjon Respublikasi  Sog‘liqni saqlash vazirligi  Axundov nomidagi Tibbiy profilaktika ilmiy-tadqiqot instituti o‘rtasida ilmiy-amaliy hamkorlik va o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash maqsadida o‘zaro anglashuv memorandumi imzolandi.

Axundov nomidagi Tibbiy profilaktika ilmiy-tadqiqot instituti vakillari sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, markaz va uning filiallari mutaxassislari tomonidan yuqumli kasalliklarga tashxis qo‘yish, davolash va oldini olishning samarali usullaridan foydalanishiga alohida e’tibor qaratdi.

Ozarbayjon tomoni o‘zbekistonlik mutaxassislarning yuqumli va parazitar kasalliklarning laboratoriya va instrumental diagnostikasi sohasidagi tajribasiga katta qiziqish bildirdi.

 Memorandum doirasida o‘zaro manfaatli masalalar bo‘yicha ilmiy-tadqiqot va ta’lim faoliyati, tashkilotlar o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish orqali raqobatbardosh tibbiy xizmatlar ko‘rsatish, olimlar va tadqiqotchilarning malakasini oshirish, klinik xodimlar, yosh mutaxassislarning akademik harakatchanligini ta’minlash, axborot va bibliografik materiallar almashish bo‘yicha kelishib olindi.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee