• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-09

NOVVOYXONALARNING SANITARIYA HOLATIGA QO‘YILADIGAN GIGIYЕNIK TALABLAR

topics-img

Novvoyxonalar loyiha asosida yoki moslashtirilgan holda qurilgan, hokimiyat tomonidan ajratilgan joylarda tashkil etiladi.

- Хonalar ta’mirlangan, poli va devorlari va shifti  oson yuviluvchi va zararsizlantiruvchi vositalarga chidamli qoplamalar bilan qoplanishi, issiq va sovuq suv ta’minotiga hamda oqova suv tizimiga ulanishi shart;

- novvoyxonada   un saqlash uchun maxsus joy va taglik,  xamir qorish uchun xampa, xamirni saqlash, zuvala qilish, tindirish, non yasash stollari bo‘lishi, ular gigiyenik qoplamlar bilan qoplanishi shart;

- tandir atrofi oqlangan, havo so‘ruvchi dudburon  bilan ta’minlangan bo‘lishi kerak;

- tandirdan uzilgan issiq nonni taxlash va sovutish uchun stol tashkil etib, uning usti oziq-ovqatga mo‘ljallangan qoplama bilan qoplanishi lozim;

- ish stollari oziq-ovqat bilan kontaktda bo‘lishiga ruxsat etilgan materiallardan tashqari boshqa (un qopi, lenolium, qurilish materiallari va hokаzolar) materiallar bilan qoplanishi taqiqlanadi;

- novvoyxonaga keltirilgan un, tuz, yog‘ va boshqa xomashyolar xavfsizligi va sifatini kafolatlovchi hujjatlar asosida qabul qilinishi shart;

- unni xampaga solishdan avval  elakda elash va shundan so‘ng xamir qorilishiga ruxsat etiladi;

-  ishchilar muddatli  tibbiy ko‘rikdan, sanminimum kursidan o‘tgan bo‘lishi,  uch sidradan maxsus ust-bosh (oq xalat-shim, yenglik, fartuk, qalpoqcha) bilan ta’minlangan bo‘lishi, shaxsiy gigiyenaga rioya etgan holda faoliyat yuritishlari lozim;

-  novvoyxona romlari hasharotlardan saqlanishi uchun maxsus setkalar bilan yopilishi, kemiruvchi va hasharotlarga qarshi deratizasiya va dezinseksiya tadbirlari o‘tkazish uchun dezstansiyalar bilan shartnomalar tuzilishi lozim;

-  novvoyxonada ishchilar uchun alohida dam olish, yechinib-kiyinish xonasi tashkil etilishi kerak, ish joyida yechinib-kiyinish, yotoq tashkil etish taqiqlanadi;

- novvoyxonada har kuni ishdan keyin sanitariya tozalash ishlari o‘tkazilishi, ish stollari, jihozlar, xampalar tozalab yuvilishi va quritilishi, chiqindilarni o‘z vaqtida olib ketilishi talab etiladi;

- novvoyxonalarni tashqi hududi obodonlashtirilishi, gullar ekilishi, kundalik tozalash ishlarini amalga oshirishga alohida e’tibor qaratish lozim.

Non aziz ne’mat, uni tayyorlashda tozalik va poklikka  rioya qiling!

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee