• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-15

OIV INFEKSIYASI TARQALISHIGA QARSHI TIBBIY KO‘RIK

topics-img

Statistik  ma’lumotlarga ko‘ra xozirgi kunda 40 millionga yaqin odam OIV infeksiyasiga chalingan. Dunyo bo‘yicha 1 kunda 7 ming, 1 soatda 300 nafarga yaqin odam ushbu virusni yuqtirib olmoqda. Bu raqamlar har birimizni hushyorlikka chorlab, o‘z sog‘lig‘imizga befarq bo‘lmaslikni eslatadi.

Jizzax viloyati Baxmal tumanida OIV infeksiyasini oldini olish maqsadida mobil klinikada tibbiy ko‘rik o‘tkazildi. Bu kabi ko‘riklar xalqimiz o‘rtasida virusli infeksiyalarni tarqalishini oldini olishda muhim axamiyat kasb etadi.

2 kun ichida 250 nafar yurtdoshlarimiz tibbiy ko‘rikdan o‘tishdi.

Tadbir Zomin va Yangiobod tumanlarida ham davom ettiriladi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee