• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-02

OIV SOG'LIQNI SAQLASHNING ASOSIY GLOBAL MUAMMOSI BO'LIB QOLMOQDA

topics-img

JSST: bugungi kunga qadar virus 40,4 million (32,9–51,3 million) kishining hayotiga zomin bo'ldi va butun dunyo bo'ylab tarqalishi davom etmoqda. Вir qator mamlakatlarda yangi infeksiyalar sonining o`sishi kuzatilmoqda.

2022 yil oxirida butun dunyo bo'ylab taxminan 39,0 million (33,1–45,7 million) OIV bilan yashaydigan odam bo'lgan, ularning uchdan ikki qismi (25,6 million) JSSTning Afrika mintaqasiga to`g`ri keladi.

OIV infeksiyasini to'liq davolashning iloji yo'q. Biroq, OIV va opportunistik infeksiyalarning samarali profilaktikasi, diagnostikasi, davolash va parvarishlash imkoniyatlari oshgani sayin, OIV boshqariladigan surunkali kasalliklar toifasiga o'tdi va OIV bilan kasallanganlar uzoq va sog'lom umr ko'rishlari mumkin.

JSST, Global Jamg'arma va YUNAIDES 2030 yilgacha OIV epidemiyasini tugatish uchun  o'zlarining global strategiyalarini ishlab chiqdilar.

Ushbu maqsadga erishish uchun OIV bilan yashayotgan barcha odamlarning 95 foizi o'z holatini bilishi kerak, ularning 95 foizi hayotini saqlaydigan antiretrovirus terapiya (ART) ni olishi kerak.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee