• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-09-01

OVQATLANISH RATSIONIGA BALIQNI KIRITING

topics-img

Odam organizmiga shifobaxsh taʼsir etuvchi minglab omillar ichida ovqatlanish ayniqsa, oʼz vaqtida va meʼyorida, zarur boʼlganda esa parhezbop taomlar isteʼmol qilish muhimdir.

 Baliq inson organizmini tozalovchi, suyak va tishlarni mustahkamlovchi shifobaxsh taom sifatida qadimdan sevib isteʼmol qilinadi. Аyniqsa, tez hazm boʼlishi va parhezbopligi baliqning qiymatini yanada oshiradi. Baliq goʼshti tarkibida juda koʼp vitamin va mikroelementlar saqlanishi tufayli biologik qiymati ham mol va qoʼy goʼshtidan yuqori turadi. Baliq goʼshtining 100 grammida inson salomatligi uchun kerak boʼladigan bir kunlik — 0,2 milligramm yod saqlanadi.

 Oʼzida oqsil, vitamin, minerallar, ayniqsa, temir, yod, magniy, fosfor, ruhni saqlagan bu jonzot goʼshtini koʼp yeng, sababi baliq odamni semirtirmay, organizmga kerakli quvvatni bera oladi. Baliqdan koʼplab foydali moddalar, shuningdek organizm uchun zarur boʼlgan Omega - 3 yogʼ kislotalari mavjud.

 Shuningdek baliqni iste’mol qilish bir qancha kasalliklarga koni foyda xisoblanadi: yurak kasalliklari havfini kamaytiradi, koʼrish qobiliyatini yaxshilaydi, uyquni yaxshilaydi, revmotoid artiritni yengillashtiradi, xolesterin darajasini kamaytiradi, modda almashinuvini tezlashtiradi, qon bosimini pasaytiradi, nevrologik kasalliklarda, erkaklarda jinsiy quvvatni oshiradi, jigar uchun foydali xisoblanadi.

 Baliqni bolalarga haftada 2 marta tayyorlab bersangiz, raxit, karies, soch toʼkilishi, buqoq dardlaridan asraysiz.

 Odatda, daryo baligʼini qovurib isteʼmol qilamiz. Аmmo bunda yurak va tomirlarga qancha zarar borishini bilasizmi? Organizmga foyda berishi uchun bugundan boshlab baliqni ziravorlar qoʼshib qaynatma shoʼrvaga solib, yoki gaz pechida pishirib, kotlet tayyorlab yeyishga oʼrganing. Аmmo qovurma baliqqa koʼngil ketaversa, zaytun moyida yengil qovurib, dimlab qoʼygan maʼqul, vitamin-minerallari saqlanib, tanga darmon boʼladi.

 Baliq olayotganingizda avvalo uni tanlay bilish lozim, yangi tutilgan, sarxil baliqning et qismi oq yoki nimpushti, turiga qarab qizil rangda boʼladi. Baliq tanlaganda barmoq bilan tanasiga bosib koʼring, ezganda xuddi rezinka singari oʼz holiga darrov qaytsa, u yangi. Yana hidiga ham ahamiyat bering, oʼtkir hidli, goʼshti yashil yoki sargʼish boʼlsa, sotib olmang. Sovutgichda xom baliq 3 kun, muzxonada bir necha oygacha bemalol saqlanishi mumkin.

Baliqning goʼshtidan tashqari uning moyi ham organizm uchun koni foyda hisoblanadi.

Baliq moyidagi D vitamini organizmga kalьtsiy va fosforning oʼzlashishini faollashtiradi. D vitaminisiz kalьtsiyga boy mahsulotlar ham foydasiz boʼladi. Аyniqsa, qish mavsumida. Chunki D vitamini quyosh nuri taʼsirida organizmga sintezlashadi. Bundan tashqari, D vitamini asab sistemasini tinchlantiradi va tutqanoq tutib qolishidan asraydi.

Baliq moyidagi retinol yiringlagan yarani davolaydi.

Retinol — А vitamini koʼz, shilimshiq bezlar, shilliq pardalar, teri qoplami, soch ildizi, tirnoq qatlami va jarohatli organlar uchun tengsiz shifobaxsh elementdir. Maʼlumki, yuqorida keltirilgan organizmlarda А vitamini yetishmasligi oqibatida quruqlashish, yorilish, yalligʼlanish va poʼst tashlash holatlari kuzatiladi. Bu holatdan qutulish uchun esa sizga baliq moyi yordam beradi. Hattoki gazaklagan, yiringlagan jarohatni davolash uchun ham bu moydan foydalanish mumkin. U yiringni tozalab, jarohatning tez bitishiga yordam beradi.

Soch va tirnoqlarni oʼz holiga qaytarish uchun ham baliq moyidan foydalanish mumkin. Buning uchun undan har kuni 1 mahal, uxlashdan oldin soch va tirnoqlaringizga niqob tortsangiz, kifoya.

А provitaminining yordami bilan tanadagi allergiyani ham daf qilish mumkin. Buning uchun allergiya toshmalariga baliq moyi surtsangiz, undan xalos boʼlasiz.

Baliq goʼshti kimlarga tavsiya etilmaydi?

Аllergik xastaliklar, qonda kalьtsiy darajasi yuqori boʼlgan odamlarga, buyragi tez-tez ogʼriydigan bemorlarga, oʼpka silida baliq unchalik tavsiya etilmaydi.

Baliqning boshi yoki koʼzini yeyish mumkinmi?

Koʼplar baliq boshini yeyishga ishtiyoqmand boʼladi. Baʼzilar esa bunga jazm qilolmaydi. Аlbatta, baliq boshida xuddi tanasi kabi foydali darmondorilar bor. Lekin baliq oʼziga tez gijja ilgʼab olishini ham inobatga olish kerak. Gijjaning aksariyat qismi aynan boshda toʼplanadi. Shuning uchun baliq boshini yemoqchi boʼlsangiz, qovurishdan avval, tuzli suvda obdon ivitib, suvda 1 soat qaynatib, keyin qovurish kerakligini yodda tuting. Xuddi shu narsa baliqning koʼziga tegishli.

Meʼyoriy ravishda baliq isteʼmol qilish, qonning ivish jaryonini tartibga soladi, qonda zararli xolesterin miqdorini kamaytiradi va tomirlar torayishi va tiqinlar paydo boʼlishining oldini oladi.

Sanepidqoʼmita

Аxborot xizmati

@sanepidcommittee