• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-06

OZIQ-OVQAT MAHSULOTLARINING SIFATI O‘RGANILMOQDA

topics-img

 Jizzax viloyatida aholini sifatli oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari bilan ta’minlash, dehqon bozorlarida sotilayotgan mahsulotlarning sifati va xavfsizligi yuzasidan sanitariya-targ‘ibot tadbirlari doimiy olib borilmoqda.

 Jumladan, Sanitariya-epidemiologiya qo‘mitasining Jizzax viloyati Forish tumani bo‘limi xodimlari tomonidan veterinariya xizmati xodimlari bilan hamkorlikda "Forish dehqon bozori" MCHJda savdo faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar o‘rtasida “Dehqon bozorlariga qo‘yiladigan sanitariya-gigiyena talablari to‘g‘risida”gi sanitariya qoida va me’yorlariga amal qilinishini o‘rganish yuzasidan nazorat tadbirlari o‘tkazildi.

 Nazorat tadbirlari davomida tadbirkorlarga sifati tez buziluvchi mahsulotlarni sotish uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, oziq-ovqat mahsulotlari savdosini sanitariya qoidalariga amal qilgan holda tashkil etish, uy sharoitida tayyorlangan, sanitariya talablariga javob bermaydigan oziq-ovqat mahsulotlari bilan savdo qilmaslik bo‘yicha tavsiyalar berildi.

 O‘tkazilgan tadbirlar davomida 10 kilogramm sifati buzilgan karam mahsuloti hamda 7 kilogrammga yaqin iste’molga yaroqliligi gumon qilingan tovuq go’shti tegishli tartibda sotuvdan olindi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee