• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-11-06

QORAQALPOG‘ISTON RESPUBLIKASIDA MAKTABGACHA YOSHDAGI BOLALARDA OVQATLANISH HOLATINING ERTA BUZILISHINI ANIQLASH

topics-img

So'nggi o'n yillikda bolalar orasida ortiqcha tana vaznining ortishi va semizlik kuzatilmoqda. Jahon sog'liqni saqlash tashkilotining 1975 yildagi ma'lumotlariga ko'ra, bolalarning 4 foizi ortiqcha vaznga ega, ammo 2016 yilga kelib bu ko'rsatkich 18% ga oshgan. JSST ning 2020 yildagi ma`lumotlariga ko`ra 5 yoshgacha bo'lgan тaxminan 38 millionga yaqin bolalar ortiqcha vazn yoki semizlikdan aziyat chekishgan.

 Bu global muammo hisoblanib bolalar o'rtasidagi semizlik va ortiqcha vaznga qarshi kuchaytirilgan profilaktik nazorat va chora-tadbirlarini talab qiladi, bu nafaqat sog'lom turmush tarzi haqida xabardorlikni oshirishni balki sog'lom ovqatlanishni o'rgatish va jismoniy faollikni oshirish hamda bolalar uchun kamxarj va sog'lom oziq-ovqat sharoitini yaratish. Zamonaviy bolalarning ratsionida tez tayyor bo’ladigan ovqatlanish va gazlangan ichimliklar ustunlik qiladi, bu o'z navbatida ovqatlanishga bog'liq kasalliklarning ko'payishiga jumladan jismoniy, aqliy va psixologik rivojlanishning buzilishiga olib keladi.

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot institutining “Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi laboratoriyasi” tomonidan ijtimoiy-gigiyenik, ijtimoiy psixologik va tibbiy-biologik xavf omillarini hisobga olgan holda shahar va qishloq joylarda Qoraqalpog‘iston Respublikasi maktabgacha yoshdagi bolalarning ovqatlanish holatidagi buzilishlarni erta aniqlash boʻyicha tadqiqotlar oʻtkazildi.

 2023 yilda o`tkazilgan tadqiqot ob'yektlari bo’lib Qoraqalpog‘iston Respublikasi Nukus shahri va Mo'ynoq, Chimboy, Kegeyli, Qo'ng'irot tumanlaridagi maktabgacha ta'lim tashkilotlari qamrab olindi. 3,5 yoshdan 6,5 yoshgacha bo'lgan 2808 nafar bolalar ko’rik tekshiruvdan o’tkazildi.

Tadqiqot natijalari shuni ko'rsatdiki, bolalarning 70% dan ortig'i qovurilgan ovqatlarni, shuningdek, tez tayyorlanadigan mahsulotlar (hot-dog, gamburger, lavash, pitsa, chips va tez tayyor bo’luvchi lag’monlar)ni afzal ko'rishadi.

Tadqiqot davomida quyidagi muammolar aniqlandi:

1.                  Bolalar ratsionida sabzavot va meva mahsulotlaridan ko'ra tez tayyor bo’luvchi ovqatlar ko'proq uchraydi.

2.                  Bolalar, yangi siqib chiqarilgan sharbat va kompotlarga qaraganda gazlangan ichimliklar va konservalangan sharbatlar (qadoqlangan va bankalardagi)ni tez-tez iste’mol qilishar ekan.

SGKK ITI Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi” laboratoriyasi xodimlari bilan birgalikda maktabgacha ta’lim tashkilotlaridagi tarbiyachi va ota-onalar o‘rtasida “To‘g‘ri ovqatlanish, ovqatlanishdagi buzilishlar turlari (vazn yetishmovchiligi, ortiqcha vazn va semirish) hamda ovqatlanishning bolalardagi jismoniy, aqliy va psixologik rivojlanishga ta'siri mavzusida profilaktik ishlarni olib bormoqda. Bolalarning o'sishi va rivojlanishidagi kechikishlarni erta aniqlash va ovqatlanishni optimallashtirish bo’yicha ilmiy asoslangan uslubiy tavsiyalar ishlab chiqilmoqda.

 

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee