• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-16

RAQAMLI SOGʻLIQNI SAQLASH PLATFORMASINI YARATISH BO‘YICHA SEMINAR O‘TKAZILDI

topics-img

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining  2023 yil 1- maydagi “Sg‘liqni saqlash tizimini raqamlashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” gi 140-sonli qarorida Sog‘liqni saqlash tizimiga ilg‘or raqamli texnologiyalarni tatbiq etish, raqamli sog‘liqni saqlash platformasini yaratish, sohaning barcha darajalaridagi davolash profilaktika muassasalari uchun ma’lumotlar bazasi kompleksini joriy etish, dasturiy ta’minot va elektron platformani ishlab chiqish ko‘rsatib o‘tilgan.

Qarorda yagona portalda vaksinatsiya, immunizatsiya va bolaning davriy tibbiy ko‘riklari grafigi bo‘yicha ma’lumot olish imkoniyatini yaratish to‘g‘risida va Sog‘liqni saqlash vazirining 2023 yil 28 apreldagi  92-sonli buyrug‘ida birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalarida yuritiladigan tibbiy hisob hujjatlarni raqamlashtirish ishlarini jadallashtirish maqsadida: tibbiy hujjatlarni (063-son ma’lumotnoma, muolajalarni qayd qilish jurnali 059-1h/sh va emlashlarni qayd etish jurnali 064-h/sh) elektron shaklda joriy etish to‘g‘risida ko‘rsatmalar berilgan.

Ushbu berilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi Qashqadaryo viloyat boshqarmasining majlislar zalida vaksina logistikasi boshqaruv axborot tizimi va elektron emlash reyestiri tizimlarini barcha shahar va tumanlar bo‘ylab joriy etish maqsadida mas’ul xodimlarga seminar o‘tkazildi.

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee