• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-08-03

SANITARIYA KARANTIN PUNKTLARI

topics-img

Sanitariya karantin punktlarida - temir yo'l, avtomobil, suv va havo transporti yo'nalishlarida sanitariya-epidemiya holatini nazorat qilish uchun mo'ljallangan tibbiy xizmatlar, shuningdek, yo‘lovchilar o‘rtasida yuqumli kasalliklar aniqlanganda epidemiyaga qarshi chora-tadbirlar amalga oshiriladi.

SKPning asosiy vazifalari sanitariya va epidemiyaga qarshi normalar va qoidalarning buzilishini aniqlash va ularni bartaraf etish choralarini ko'rishdan iborat. Shuningdek, transport vositalaridagi tibbiyot xodimlariga instruktaj o`tkazish yuqumli kasalliklarni aniqlash maqsadida yo‘lovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish hamda epidemiya avj olgan taqdirda izolyatsiyalash va cheklash tadbirlarini o'tkazish, boshqa davlatlardan yuqumli kasalliklar kirib kelishining oldini olishga qaratilgan sanitariya-karantin tadbirlarini amalga oshirishdan iborat.

SKP xalqaro aeroportlarda, yirik temir yoʻl uzellarida, avtomobil yoʻllarida va chegara oʻtkazuvchi hududlarda faoliyat olib boradi.

Sanepidqo`mita

Axborot xizmati

 @sanepidcommittee