• Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!
  • Sayt test rejimida ishlamoqda!

Yangiliklar

2023-10-27

SANITARIYA MINIMUMI NIMA?

topics-img

Sanitariya minimumi qonun bilan tartibga solinadigan profilaktika chora-tadbirlarining yagona majmui hisoblanadi.

Gigiyenik tayyorgarlikdan o‘tish fuqarolarning sog‘lig‘iga ta’sir qilishi mumkin bo‘lgan muayyan (dekretiv) kasb egalari uchun majburiydir.

Sanitariya minimumi davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida o‘qitiladi.

Gigiyena va epidemiologiya fanlaridan tasdiqlangan dastur asosida har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘tkaziladigan qisqa o‘quv kurslarida xodimlar o‘z xizmat vazifalarini bajarish jarayonida rioya qilishlari kerak bo‘lgan normalar va qoidalar o‘rgatiladi. O‘quv kursi so‘ngida imtihon bo‘lib o‘tadi va guvohnoma topshiriladi.

Muayyan (dekretiv) guruxga qaysi kasb kasb egalari kiradi?

Oziq-ovqat muassasalari bo‘yicha:

Oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, tashish, saqlash bilan shug‘ullanuvchi xodimlar, umumiy ovqatlanish korxonalari xodimlari.

Bolalar va o‘smirlar muassasalari bo‘yicha:

Maktabgacha ta’lim muassasalari, bolalar uylari, maktab-internatlari, bolalar sanatoriyalari, «Muruvvat uylari» va «Mehribonlik uylari» xodimlari, yozgi bolalar sog‘lomlashtirish oromgohlari xodimlari, ta’lim muassasalarining oshxona xodimlari, ekspeditorlar, ushbu muassasalarda oziq-ovqat mahsulotlarini tashuvchi transport vositalarining haydovchilari va omborxona xodimlari.

Kommunal xizmat ko‘rsatuvchi obyektlar bo‘yicha:

Davolash-profilaktika muassasalari, sanatoriylar, dam olish uylari, pansionatlar, nogironlar va qariyalar uylarining oshxonalari xodimlari hamda oziq-ovqat mahsulotlarini saqlash, tashish va tarqatishda ishtirok etuvchi bo‘lgan xodimlar.

Maishiy xizmat ko‘rsatuvchi korxonalar xodimlari, jumladan, hammom va sauna xodimlari.

Sartaroshlik va kosmetologiya xizmatlari, shuningdek, manikyur, pedikyur, kosmetolog-vizajist, tatuaj bo‘yicha ustalar va boshqalar.

Kimyoviy tozalash shaxobchalari xodimlari.

Suzish bo‘yicha trenerlar, instruktorlar, basseyn va davolovchi vannalarda ishlovchi xodimlar.

Mehmonxona va yotoqxona xodimlari hamda farroshlari, komendantlari, poyezdlarning yo‘l boshlovchilari.

Kommunal-xo‘jalik sohasi xodimlari, shuningdek, maishiy chiqindilarni yig‘ish, tashish va yo‘qotish bilan bog‘liq ishlarda hamda jamoat hojatxonalarida ishlovchilar.

Bevosita ichimlik suvi va kanalizatsiya tizimlarida ishlovchilar.

Dorixonalar va dori saqlash omborxonalari xodimlari hamda dorilarni tarqatish bilan shug‘ullanuvchi shaxslar (provizor va farmatsevtlar bundan mustasno).

Mulkchilik shaklidan qa’tiy nazar to‘lov-shartnoma asosida, mashg‘ulotlar onlayn va oflayn shaklda amalga oshiriladi.

 

Sanepidqo‘mita

Axborot xizmati

@sanepidcommittee